“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:47
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Ronesans Holding kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

09 mar, 23:30 3 346 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Ronesans Holding kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart, dushanba kuni, Turkiyaning yetakchi injiniring va qurilish kompaniyasi hisoblanadigan Ronesans Holding prezidenti Erman Ilijak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu uchrashuv 2020 yil fevral oyida Anqarada o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston—Turkiya muzokaralarining mantiqiy davomi bo‘ldi.
Bugungi kunda Ronesans Holding kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xususan, Toshkent viloyatining yetakchi metallurgiya korxonalari negizida zamonaviy ob’ektlar — loyihaviy quvvati yiliga 60 million tonna bo‘lgan mis boyitish fabrikasi va quvvati 1 million tonnagacha bo‘lgan metall prokati ishlab chiqarish majmuasini barpo etish loyihalari tayyorlanmoqda.

Uchrashuvda ushbu loyihalar doirasidagi amaliy ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek, Turkiya kompaniyasining Toshkent, Samarqand va Farg‘onada ilg‘or xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilgan holda ko‘p tarmoqli shifoxonalar tashkil etish borasidagi loyihaviy takliflari taqdimoti o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mazkur loyihalar davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshiriladi, shuningdek, turkiyalik sheriklar shifoxonalarni boshqarish va yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bundan tashqari, muhim ijtimoiy ob’ektlarni rekonstruksiya qilishda injiniring, loyihalashtirish va qurilish sohalarida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 19—20 fevral kunlari Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida Ronesans Holding bilan «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, shuningdek, shifoxonalar va savdo markazlarini qurish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 88
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 63
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 136
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar