“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Tax-free tizimi qachondan boshlab joriy etilishi ma’lum bo‘ldi

07 mar, 11:25 2 986 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Tax-free tizimi qachondan boshlab joriy etilishi ma’lum bo‘ldi Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimi O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 1 iyuldan joriy etilishi kutilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Bunda ushbu Nizomda “Tax-free” tizimida ishtirok etuvchi chakana savdo tashkilotlari tomonidan beriladigan, olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun asos bo‘luvchi “QQS qaytarilishi uchun chek” maxsus shakldagi chekning shaklini hamda chakana savdo tashkilotlarini “Tax-free” tizimida ishtirok etishini bildiruvchi maxsus emblemalarning namunalarini ko‘zda tutadi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda “Tax-free” tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax-free” tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasida belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga maxsus qaytarish punktlari bilan ishlash sektorini hamda hududiy bo‘linmalari tuzilmasida belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida 11 ta shtat birliklaridan iborat bo‘lgan maxsus qaytarish punktlarini tashkil qiladi;

2020 yilning 1 iyuliga qadar Uzbekistan Airports AJ bilan birgalikda maxsus qaytarish punktlarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini o‘tkazish punktlarini orqali kesib o‘tilganidan so‘ng neytral hududlarda joylashtirilishini hamda ularni zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli hisob-kitoblarga asosan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni har oy yakunlari bilan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlarni kamaytirgan holda ajratib boradi.

Belgilanishicha:
“Tax-free” tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha buyurtmachi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hisoblanadi;

“Tax-free” tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda maxsus qaytarish punktlarini zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tax-free tizimi, joriy etilishi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar