“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:29
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistoni shirkati O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi

06 mar, 11:50 3 057 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistoni shirkati O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Saudiya Arabistonining yirik investori ― ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 2 milliard AQSH dollariga teng uchta bitim imzoladi. Ushbu kelishuv va bitimlarda O‘zbekiston energetika sohasining taraqqiyoti hamda barqarorligini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Imzolangan 3 ta hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- 1,2 milliard dollarlik investitsiya shartnomasi elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha 25 yillik shartnoma (PPA) hamda 1500 MVt quvvatli bug‘-gaz turbinali elektr stansiyasini (BGQ) qurish va ekspluatatsiya qilish ishlariga sarflanadi;
- 0,55–1,1 milliard AQSH dollar qiymatidagi navbatdagi loyiha quvvati 500–1000 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini barpo etish to‘g‘risidagi bitimni o‘z ichiga oladi;
- Mutaxassislarning texnik ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘quv markazini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashinuv memorandumi (AM).
1500 MVt quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu elektr energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsion loyihada ham kelishuvga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yagona xaridor sifatida ishtirok etadi.

Loyihaga muvofiq quriladigan yangi bug‘-gaz qurilmasining samaradorligi 60% dan ziyod bo‘lib, odatda u elektr energiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz miqdorini qariyb ikki marta ko‘p tejash imkonini beradi.

Energetika vazirligi bilan qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bo‘yicha imzolangan shartnomaga binoan ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda 500–1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini quradi va foydalanishga topshiradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan imzolanadigan uchinchi kelishuvga muvofiq ACWA Power kompaniyasi AQSHning Air Products & Chemicals kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetika va kimyo texnologiyasi sohalarida mutaxassislar tayyorlash yuzasidan Shirin shahridagi kollejda texnik ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini taqdim etadi.
Saudiya Arabistoni, investitsiya, energetika




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 140
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 120
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar