“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:44
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 1 martdan ayrim tanga va pullar muomaladan chiqariladi

29 fev, 22:43 5 259 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 1 martdan ayrim tanga va pullar muomaladan chiqariladi O‘zbekistonda eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlar 1 martdan boshlab muomaladan chiqariladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lumot bergan.

Ushbu o‘zgarish 2019 yil 18 sentabrda tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatidagi eski namunadagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan eski namunadagi tangalar va banknotlar 1 martdan boshlab faqat Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan muomaladagi tanga va banknotlarga almashtirib berilishi mumkin.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tanga va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha etib belgilandi.
Bunda hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan:
- bank plastik kartasi hisobvaraqlariga kirim qilinish orqali (to‘liq qiymatda);
- muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berish orqali;
- mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilish orqali;
- kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlar uchun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilning 1 iyulidan boshlab Markaziy bankning eski namunadagi (2001—2002, 2004 va 2009 yillar namunasidagi) 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda (1994 yil namunasidagi) 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan va muomaladan chiqarilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 26
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar