“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:29
ЎЗO‘Z

Moliya vazirligiga qator funksiyalar yuklatildi

26 fev, 06:30 2 689 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya vazirligiga qator funksiyalar yuklatildi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4611-son, 24.02.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi

Qarorga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:

- 2021 yil 1 yanvardan boshlab, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, (qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);

- 2021 yil yakuniga qadar "MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot" fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega kamida 3 ta buxgalteriya xizmati xodimlari faoliyatini ta’minlaydi.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlar buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.

Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi va unga qator funksiyalar yuklatildi.

2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar OTMlar magistraturasining "Buxgalteriya hisobi" va "Audit" mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega bo‘ldi.

Xalqaro buxgalter sertifikati - "Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)", "Sertifikatlangan diplomli buxgalter (CPA)", "Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA)" va "Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)" sertifikatlaridan biri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 183
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 70
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 143
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 52
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar