“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 23:31
ЎЗO‘Z

Koronavirus sababli oltin narxi rekord darajada qimmatlashdi

25 fev, 07:00 3 569 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus sababli oltin narxi rekord darajada qimmatlashdi Oltinning bir unsiyasi narxi 2,74 foizga qimmatlashdi va 1689 dollarga yetdi. Bu 2013 yildan buyon eng yuqori natija hisoblanadi. Narx o‘sishiga koronavirusning Xitoydan tashqarida keng tarqalayotgani sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Daryo.

Oltin koronavirus sababli narxi ko‘tarilgan kam sonli mahsulotlardan bo‘ldi. Brent markali neftning narxi 3,5 foizga azonlashib, bir barrel uchun 56,5 dollargacha tushgan. WTI markali neftning narxi esa 3,2 foizga arzonlashib, bir barrel uchun 51,7 dollarni tashkil qilgan.

Bir qator xalqaro birjalarda kotirovkalar pasayishi kuzatilgan. Xalqaro ekspertlarning koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’siri bilan bog‘liq xavotirlari kasallik Italiya, Janubiy Koreya va Eronda keng tarqala boshlagandan keyin kuchaydi. Bir sutka ichida Xitoydan tashqarida virus bilan kasallanish bo‘yicha 400 dan ortiq holat qayd etilgan.

Oltin O‘zbekistonning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. 2019 yilda mamlakat tomonidan 4,9 milliard dollarlik oltin sotilgan bo‘lib, bu umumiy eksport hajmining 30 foizini tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, eksportda energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari ulushi 14,1 foizni, yengil sanoat mahsulotlari ulushi 9,1 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari esa 8,5 foizni tashkil qilgan.

Xitoyda koronavirus infeksiyasidan bir kunda 150 kishi vafot etib, qurbonlarning umumiy soni 2592 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi. Xitoyda yana 406 kishi koronavirus yuqtirib olgan (shundan 348 nafari Uxanda), kasallangan fuqarolar soni esa 77 150 kishiga yetgan. Kasallikdan davolanib, shifoxonani tark etganlar soni 24 734 kishini tashkil etib, so‘nggi bir sutkada 1846 kishi davolangani aytilmoqda. Xitoyning Uxan shahrida 24 fevral holatiga ko‘ra, 195 kishi koronavirus bilan qayta kasallangani ma’lum bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 137
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 51
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 106
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 81
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 182
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 0
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Bo‘limlar