“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Turkiya erkin savdo hududi tashkil etishni rejalashtirmoqda

22 fev, 07:00 2 669 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Turkiya erkin savdo hududi tashkil etishni rejalashtirmoqda O‘zbekiston va Turkiya erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir tomonlar imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. “Kelgusida biz erkin savdo zonasi to‘g‘risida kelishuvga erishamiz. Bu bizning rejalarimizda bor”, — dedi Umurzoqov prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib.

Vazir so‘nggi uch yil ichida ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmi ikki baravar ko‘payganini, 2020 yil oxiriga qadar esa tomonlar u 3 milliard dollarlik darajaga yetishini kutayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Prezidentlar yaqin kelajakda savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Buning uchun bizda barcha asoslar bor. Turkiyalik sheriklarimiz bilan juda jiddiy ishlashimiz kerak. Avvalo, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash yo‘nalishi bo‘yicha. Biz bu bilan shug‘ullanmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Umurzoqov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurdi va u yerda ikki mamlakat rahbarlari raisligida birinchi marotaba oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida davlatlararo hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar, ularni hal qilish yo‘llari, istiqboldagi muhim vazifalar ko‘rib chiqildi, tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. Strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot, shuningdek, savdo, iqtisodiyot va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kunida Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashdi, Turkiya Respublikasi prezidenti qoshidagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 118
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 206
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar