“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:45
ЎЗO‘Z

Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari

16 fev, 14:23 4 648 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari Yangi ish boshlash odamni ozgina qo‘rquvga solishi bilan birga puxta o‘ylangan rejalarni ham talab qiladi. Hozir e’tiboringizga kichik bo‘lsa ham yaxshigina foyda keltiradigan bizneslar ketma-ketligini havola etamiz. Kichik tadbirkorlikka qadam qo‘yayotganda shuni esda tutish kerakki; birinchidan bu kichik! ikkinchidan foydaga chiqib olguncha minimal chiqim qilish maqsadga muvofiq.

1. Yoga markazi
Bugungi kunda odamlar o‘z sog‘liklari va qaddi-qomatlari haqida ko‘proq o‘ylamoqdalar. Bunday markaz ochish uchun internetdan barcha ma’lumotlarni topib minimal sarmoya kiritsangiz kifoya.

2. Kichik ovqatlanish markazi
Bunday markazda siz nafaqat tashrif buyuruvchi xo‘randalarga, balki maxsus tashkil qilingan kecha va marosimlarda xizmat ko‘rsatuvchi kichik tashkilot sifatida ham faoliyat yuritishingiz mumkin. Bunday biznes ham nisbatan kichik sarmoya talab qiladi.

3. Sayyohlik agentligi
Sayohat - hech qachon to‘xtamaydi. Demak uning asosiga qurilgan biznes ham o‘lmaydi. Sayohatga chiquvchi odamlar har doim topiladi va yetarli mablag‘ga ega bo‘ladi.

4. Fast Food do‘koni
Bugungi kunda bunday bizneslar ko‘payib ketgan bo‘lsa ham, har biri o‘zining xaridoriga ega. O‘ylab ko‘ring, bir dona burger 10-15 ming so‘m atrofida bo‘lsa unga atigi 4-5 ming so‘mlik (hattoki undan ham kam) masalliq ketadi. Mahsulotingiz sifatli va mazali bo‘lsa, ishoning u o‘z xo‘randasini topadi.

5. Shokolad kafesi
"Har qanday narsa mazali agarki u shokoladdan tayyorlangan bo‘lsa". Deyarli hamma bunday mahsulotga befarq emas. Yurtimizning hamma yerida ham faqat shokoladdan iborat mahsulot taqdim etadigan kafelarga ko‘zingiz tushavermaydi. Bu esa biznes boshlash uchun yaxshi sabab.

6. Fitness dasturlar
Siz qimmat fitness jihozlarini sotib olishingiz shart emas. Sizning biznesingiz ushbu jihozlardan samarali foydalanishni o‘rgatish xizmatini taklif qiladi. Boshlanishida o‘zingiz, keyinchalik xodimlaringizni ko‘paytirib biznesingizni kengaytirasiz.

7. Bir xil mahsulotli restoran
Faqatgina bitta mahsulotdan foydalanib taom taklif qiladigan restoran juda serdaromad va oddiydir. Masalan, faqat go‘shtdan, yoki faqat guruchdan tayyorlanadigan taomlar sizning restoraningizni shaharda yagonaga aylantiradi.

8. Xosting xavfsizlik ta’minotchisi
Odamlarning shaxsiy kompyuterlarini xakerlardan, Troyan viruslardan, josus darsturlardan himoya xizmatini taklif qiladigan bizneslar ham hozirda ko‘p emas.

9. Ma’lumotni tiklash
Katta bizneslar uchun ularning ma’lumotlarini saqlaydigan serverlar yarating va ularning ma’lumotlarini tiklashda ko‘maklashing. Hozirda bu IT sohasidan kichkina biznes bo‘lsada oddiy "Data Backup" katta foyda keltiradi.

10. Kuzatuv kameralari
Hozir hamma yerda "ko‘zlar" bor. Bunday "ko‘zlar" savdosi esa yaxshigina daromad keltiradi. Kuzatuv kameralari deyarli hamma soha vakillariga kerakdir.

11. Massaj
Kerakli kadrlarni topib o‘zingizning agentligingizni tuzing. Ozgina reklama va biznes gullaydi. Yuqorida aytilganidek, bugungi odamlar o‘zlarini yanayam ko‘proq yaxshi ko‘rishadi.

12. Uy ishlarida xizmatchilarni taklif etish
Bunday agentlikka asos solib siz, uy ishlarida kerak bo‘ladigan har qanday xizmat turi; santexnik, farrosh, o‘t o‘ruvchi va boshqa ko‘plab xizmatlarni taklif etasiz.

13. Yosh bolalar ta’lim va tarbiya dasturlari xizmati
Agentlikning ham sayyor ham muqim xizmatlarini tashkil etish, biznesingiz rivojini ta’minlaydi.

14. Dasturlar va mobil ilovalar ta’minoti
Bunday biznesni yo‘lga qo‘yish uchun yosh bo‘lsa ham malakali IT mutaxassislarni topsangiz kifoya. Marketing menejeri vazifasini o‘zingiz qilsangiz ham bo‘ladi. Asosiysi mijozlarni jalb etish, uyog‘i dasturchilarning mahorati.

15. Konsalting xizmatlari
Biznesning turli sohalari bo‘yicha mutaxassislarni yig‘ib ishga oling va agentligingizni reklama qiling. Ekspertlar o‘zlarining sohasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini taklif qilishadi.

16. Mashina va uning ehtiyot qismlari oldi-sotdisi
Shaharda nima ko‘p - mashina ko‘p. Bir necha yuz minglab mashinalarga har kuni shuncha ehtiyot qism kerak bo‘ladi. Demak, o‘ylashga arziydigan biznes.

17. Mashina yuvish markazi
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gavjum shaharda bunday markazni tashkil etish tomib, tomib katta foyda keltiradi.

18. Internet provayder
Shaharlarda bunday provayderlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Lekin esdan chiqarmangki foydalanuvchilar undan ham ko‘p. Bozorda albatta sizga joy yetarli bo‘ladi.

19. Mebel biznesi
Yaxshi duradgor yollab, mazkur biznesni yo‘lga qo‘ying. Faqat buyurtmaga emas balki bozor uchun ham ishlasangiz, foyda ikki baravar bo‘ladi.

20. Suv
Toza suvni kreativ qadoqlab sotishni yo‘lga qo‘ysangiz biznesingizni kichik deb bo‘lmay qoladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 26
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar