“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi

15 fev, 07:53 3 219 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

2025 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 100 milliard dollar, yillik eksportni 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida ham juda katta rezerv va imkoniyatlar bor.

Yig‘ilishda klasterlar takliflari asosida eksportbop ekinlarni joylashtirib, zarur urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i masalasini hal qilish va ularning ta’minotini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Joylarda klasterlar faoliyatini samarali tashkil etishga viloyatlar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlarining o‘rinbosarlaridan biri meva-sabzavotchilik klasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga mas’ul qilindi.

– Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad – eksport hajmini oshirish. Buning uchun esa yangi bozorlarni topish kerak. Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi, klaster tizimi ham yurmaydi. Shuning uchun chet ellardagi talabni muntazam o‘rganib, imkoniyatlardan samarali foydalanish, eksportda izchillikni ta’minlash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 33
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 121
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar