“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:51
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotiladigan maxsus uskunalar o‘rnatiladi

13 fev, 12:48 3 578 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotiladigan maxsus uskunalar o‘rnatiladi Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Markaziy bank:
a) Moliya vazirligi bilan birga 1, 3 va 5 grammli oltin va kumush yombi ishlab chiqarish, shuningdek, ularni vending uskunalari orqali sotuvga chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga quyidagi bosqichlarda o‘ntadan kam bo‘lmagan vending uskunalarini o‘rnatilishini ta’minlaydi:

- 2020 yil 1 iyuliga qadar – Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrining turizm namoyish ob’ektlari, shu jumladan joylashtirish vositalari va turizm axborot markazlarida;
- 2021 yil 1 yanvariga qadar – respublikaning boshqa hududlarida.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining takliflariga asosan:
- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tgan, rekonstruksiya va kapital ta’mir qilinuvchi professional kollejlar;
- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan har yili 1 iyulga qadar shakllantiriluvchi va taqdim etiluvchi turizm namoyish ob’ektlariga olib boriluvchi yo‘llar;
- “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan qishloq aholi punktlari ro‘yxatlari 2021 yilga mo‘ljallangan Davlat investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 119
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 114
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 96
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 162
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar