“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda «blokcheyn» uchun maxsus hudud tashkil qilinadi

28 yanv, 11:00 2 815 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda «blokcheyn» uchun maxsus hudud tashkil qilinadi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror loyihasi kripto-aktivlar aylanmasini rivojlantirish va «blokcheyn» texnologiyasini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda normativ-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyihada «Regulyativ hudud»ni yaratish masalasi ko‘tariladi.

Mazkur texnologiyaning 10 yildan ortiq vaqt davomida mavjudligiga qaramay, jahon amaliyotida hali kripto-aktivlar aylanmasi, shu jumladan kripto-aktivlarni ishlab chiqarish (mayning), ularni yaratish va bozorga chiqarish, kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish kabi masalalarni normativ-huquqiy tartibga solish bo‘yicha yagona yondashuv ishlab chiqilmagan.

Shu bilan birga, davlatlar oldida kripto-aktivlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanishning oldini olish, shu jumladan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, noqonuniy daromadlarni o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni minimallashtirishni hisobga olgan holda, to‘g‘ri tartibga solish siyosatini shakllantirish bilan bog‘liq yangi muammolar kelib chiqmoqda, ularni huquqiy tartibga solish uchun yangicha uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish talab qilinadi.

Jahon tajribasiga ko‘ra, ushbu masalaning samarali yechimlaridan biri bo‘lib, pilot loyihalarni amalga oshirish, ularni tartibga solish usullari va mexanizmlarini sinab ko‘rish bo‘yicha huquqiy eksperimentlarni o‘tkazish uchun maxsus «Regulyativ hudud»ni yaratish hisoblanadi.

Innovatsion texnologiyalar sohasida muhim yutuqlarga erishgan ko‘plab mamlakatlarda bunday «Regulyativ hudud»lar yaratilgan. Masalan, ular Buyuk Britaniya, Singapur, Niderlandiya kabi mamlakatlarda yangi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish uchun tashkil qilingan.

Qaror loyihasida «Regulyativ hudud»ni yaratishning asosiy maqsadlari va vazifalari keltirilgan.
Mazkur loyihaga ko‘ra, «Regulyativ hudud»ning rezidenti maqomi, ularning joylashgan joyidan qat’iy nazar, ekstraterritoriallik tamoyili asosida, O‘zbekiston Respublikasi rezedentlari-yuridik shaxslarga berilishi mumkin.

Bunda, potensial rezidentlar «Regulyativ hudud»da amalga oshirish va sinash uchun taklif etilgan kripto-aktivlar aylanmasi yoki «blokcheyn» sohasidagi noyob texnologiyalariga (mahsulotlariga, xizmatlariga) ega bo‘lishlari, yoki ommabop texnologiyalardan foydalanishda innovatsion yondashuv qo‘llanilayotganligini isbotlashlari, aniq maqsadlar ko‘rsatilgan biznes-rejaga, xavflarni baholash to‘g‘risida hisobotga va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga, va boshqa bir qator mezonlarga ega bo‘lishlari lozim.

Pilot loyihalarni amalga oshirish maqsadida rezidentlarga 12 oy vaqt beriladi, ushbu davr mobaynida zarur tartibga solish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Joiz bo‘lganda, mazkur muddat 24 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

«Regulyativ hudud»ning muhim afzalligi shundan iboratki, sinov davomida, uning rezidentlari, istisno tarzida, amaldagi ma’lum bir qonun talablariga rioya qilishdan ozod qilinishi mumkin (bunday normalar ro‘yxati vakolatli organ bilan kelishilgan bo‘lishi lozim).

«Regulyativ hudud» rezidentlariga, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari – sub’ektlar bilan, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar (takliflar, bitmlar) tuzish huquqini taqdim etiladi, bunda, «Regulyativ hudud» doirasida qabul qilingan huquqiy normalarga amal qilayotgan bo‘lsa, kelishuv shartlari amaldagi qonunchilik normalaridan chetga chiqishi mumkin bo‘ladi.

Biroq, kompaniyalar mazkur tartiblarga rioya qilmagan taqdirda, «Regulyativ hudud» rezidenti maqomidan ayriladilar.
«Regulyativ hudud»ning operativ boshqaruvi Direksiya tomonidan amalga oshiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 43
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar