“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi ma’lum qilindi

23 yanv, 12:12 3 608 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi ma’lum qilindi Respublika bo‘yicha 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 164,1 trln so‘mni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 7,9 foizga o‘sdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mni (o‘sish sur’ati 23,5 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi 138,3 trln so‘mni (o‘sish sur’ati 5,4 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 159, trln so‘mni (2018 yilga nisbatan 9,7 foizga kamaygan) tashkil etdi.

2018 yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur’atlari kuzatilib, nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Xorazm, Jizzax, Surxondaryo, Namangan, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2018 yilning mos davriga nisbatan 23,5 foizga o‘sdi va 25,8 trln so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 15,7 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2019 yil yanvar-dekabr oyi yakunlariga ko‘ra, 53,8 trln so‘mni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 5,3 foizga o‘sgan.

Yil boshidan respublika bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 76,7 trln. so‘mni tashkil qildi va 2018 yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sdi.

Ushbu sektorning umumiy ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi esa 70,2 foizni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich boshqa viloyatlar bilan taqqoslanganda, Toshkent shahrida (78,1 foiz), Farg‘ona (80,9 foiz), Samarqand (71,9 foiz), Buxoro (71,1 foiz) va Andijon (69,4 foiz) viloyatlarida yuqori bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 30
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar