“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:51
ЎЗO‘Z

Abdulla Aripov 2021–22-yillar uchun kutilayotgan inflyatsiya haqida gapirdi

19 yanv, 09:36 2 920 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulla Aripov 2021–22-yillar uchun kutilayotgan inflyatsiya haqida gapirdi 18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi o‘tkazildi.
Unda bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakatlar dasturini taqdim etdi.

Xususan, 2020 yilda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni, eng avvalo, uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish, faol investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish hukumat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

«Joriy yilda iqtisodiyotda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6.5 foizga, qurilish ishlari 9.3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 4 va xizmatlar ko‘rsatishni 5.7 foizga oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulot 5.5 foizga o‘sishini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Shuningdek, 2020 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 30.3 foiz, investitsiyalarning ulushi esa 34.4 foizga yetkaziladi.
Makroiqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan past bo‘lmasligi to‘liq ta’minlanadi
», dedi Aripov.

Hukumatning harakatlar dasturida shuningdek, bank-moliya tizimini isloh qilish rejalari ham o‘rin olgan. Unga ko‘ra, Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda bank sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda pul-kredit siyosatini rivojlantirish, valyutani tartibga solishning barqapor mexanizmlarini joriy qilish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadida respublikada valyuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Abdulla Aripov yig‘ilish davomida ichki bozorni mahalliy iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish hamda inflyatsiya darajasini yuqori bo‘lmagan sur’atda ushlab qolishga e’tibor qaratilishi haqida ham gapirdi.

Ung ko‘ra, «2021 yilda inflyatsiya darajasini 11 foiz, 2022 yilda esa 10 foizdan past bo‘lgan darajada saqlab turish choralari ko‘riladi», - dedi Abdulla Aripov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar