“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:26
ЎЗO‘Z

Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash qanday amalga oshiriladi?

17 yanv, 10:56 3 193 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash qanday amalga oshiriladi? Yaqinda prezident tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi imzolandi. Joriy yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ko‘plab o‘zgarish va yangiliklar ko‘zda tutilgani barcha soliq to‘lovchilarning qiziqishini oshirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni Davlat budjeti boshqarmasi bosh maslahatchisi Sherzod Hasanovning yozishicha, shunday yangiliklardan biri — Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan bir qator maxsus soliq rejimlari bekor qilingani bo‘ldi. Ya’ni, kodeksga tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga ijtimoiy soliq, yagona soliq to‘lovi o‘rniga – aylanmadan soliq, qat’iy belgilangan soliq o‘rniga — jismoniy shaxslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash xususiyatlarini saqlab qolgan holda, qat’iy belgilangan miqdorda soliq joriy etildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida pulli yoki bepul asosda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ (komissiyalar) ishtirokisiz soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishning yangi shaffof mexanizmi joriy qilindi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Bunday soliqlarga nisbatan to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin.

Bundan tashqari, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati tadbirkorlik sub’ektlariga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganda hamda budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilgani yoki davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lashga kechiktirilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi.

Agar tadbirkorlik sub’ektlari soliqni biryo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelgan, mulkiy holati soliqni biryo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi, tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekani hamda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish asoslariga ko‘ra berilgan bo‘lsa, ularga Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda, qarz summasiga foizlar hisoblanadi.

Avvalgi soliq kodeksida insofli soliq to‘lovchilarga soliq ta’tillari, shuningdek soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Hukumat yoki u vakolat bergan organ tomonidan berilgan edi. Bu esa, o‘z navbatida, soliqlarni to‘lashni kechiktirish huquqini olish uchun soliq to‘lovchilarga ovoragarchilik va noqulayliklar keltirib, ortiqcha qog‘ozbozlik talab qilar edi. Shu sababli, keyingi uch yil ichida soliqlarni kechiktirish huquqidan hech qaysi tadbirkorlik sub’ekti foydalanmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 71
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar