“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 06:00
ЎЗO‘Z

Ilhom Norqulov: Markaziy bank inflyatsiya pasayishi uchun bor mas’uliyatni bo‘yniga olishga tayyor

12 yanv, 23:55 3 277 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilhom Norqulov: Markaziy bank inflyatsiya pasayishi uchun bor mas’uliyatni bo‘yniga olishga tayyor O‘zbekiston Markaziy banki kelgusi 4 yilda inflyatsiyani 3 barobarga kamaytirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi uchun mas’uliyatni to‘la o‘z bo‘yniga olishga tayyor, deb bayonot berdi MB raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov.

«Bu chora-tadbirlar «Yo‘l xaritasi» bilan birga muhtaram prezidentimizning farmonida aniq va ravshan qilib ko‘rsatib o‘tilgan. Bu yerda eng muhimi – kuchli siyosiy iroda, shu iroda va tayanchni bu sohada bevosita ishlaydigan mutaxassislarning his qilib turgani.

Shu orqali keng jamoatchilikka yetkazmoqchimanki, Markaziy bank rahbariyati bu vazifaning oson emasligi va jiddiyligini anglagan holda butun bir mas’uliyatni bo‘yniga olishga tayyor», – dedi Norqulov «O‘zbekiston 2020» dasturidagi chiqishida.

Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyev ham 2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 foizga tushishiga shubha qilmasligini bildirdi.

«Haqiqatan qo‘limizdan keladi, bunga erishish imkoniyati bor. Chunki tayyorgarlik davrida juda ko‘p davlatlarni o‘rgandik. Bugun bizda kuzatilayotgan yuqori inflyatsiya va uni pasaytirish muammosi faqatgina bizda bo‘lgan emas. Sharqiy Yevropa, MDH va Osiyo davlatlarining ko‘pchiligi 90-yillarda bu bosqichdan o‘tgan. Shularning tajribasini batafsil o‘rganib, targetga erishishda nima muhimligini ko‘rib chiqqanimizda, uchta asosiy masala ko‘rilyapti.

Birinchisi – qo‘llab-quvvatlash, ya’ni siyosiy iroda. Ikkinchisi – puxta hisob-kitob. Keyingisi – tartibli-tizimli harakatlar.

Prezidentimizning inflyatsion targetlashga o‘tish to‘g‘risidagi farmonining o‘zi bizga ancha masalalarni yechib berdi, deb ishonch bilan aytishim mumkin. Farmon bilan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan, unda har bir vazirlik va idora nima ish qilishi – kim monopoliya masalasi bilan shug‘ullanadi, kim raqobatni rivojlantiradi, kim budjet xarajatlarining samaradorligini ta’minlaydi, Markaziy bank nima qilishi kerak, banklar nima qilishi kerak – har bittasi qadam-baqadam ko‘rsatilgan.

Bundan buyon har yil uchun qo‘yilgan inflyatsion targetga erishish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Shunday ekan, 2023 yilda 5 foizlik targetga erisha olamiz, deb ishonch bilan aytishim mumkin», – dedi Hamroyev.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank mamlakatdagi inflyatsiyani 2020 yilda 12 foiz, 2021 yilda esa o‘n foizdan pastroq darajaga tushirishni maqsad qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 133
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 48
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 168
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 56
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 42
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 491
  • Bo‘limlar