“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:02
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning tashqi qarzi 21 mlrd dollardan oshdi

27 dek, 12:33 3 355 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning tashqi qarzi 21 mlrd dollardan oshdi Markaziy bank O‘zbekistonning 2019 yil 9 oyi uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha nashriga qisqacha ma’lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga tashqi qarzdorliklarning ortishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning jalb qilinishi hamda ular bo‘yicha «yig‘ilib qolgan» majburiyatlarning so‘ndirilishi va kelib tushayotgan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining o‘sishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Yuqorida keltirilgan omillarning ta’siri ostida to‘lov balansining joriy hisobi 1,4 mlrd. dollarga teng defitsitni ko‘rsatdi. Bunda, savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (6,1 mlrd. doll.) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning musbat saldosi (4,7 mlrd. doll.) bilan qisman qoplandi.

Shu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining ko‘payishi (6,1 mlrd. doll.), shuningdek rezidentlar tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinishi (1,3 mlrd. doll.) natijasida 4,8 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, rezerv aktivlari 662 mln. dollarga ko‘paydi.

O‘zbekistonning sof investitsion pozitsiyasi joriy yilning 1 oktabrida 13,7 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, qolgan mamlakatlarga nisbatan davlat boshqaruvi va bank sektorlari «sof kreditorlar», boshqa sektorlar esa «sof qarzdorlar» hisoblanadi.

O‘zbekistonning jami tashqi qarzi joriy yilning 1 oktabrida 21,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lib, undan 13,8 mlrd. dollari davlat sektorining qarzlari, 7,7 mlrd. dollari xususiy tashqi qarz hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 124
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar