“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:19
ЎЗO‘Z

Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar nimalardan iborat?

06 dek, 22:05 2 830 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar nimalardan iborat? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ularning mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida soliq qonunchiligi normalari qo‘llanishini soddalashtirish, undagi ziddiyatlar va tushunmovchiliklarni tugatish, insofli soliq to‘lovchilar manfaatlarini himoya qilish, soliq nazoratining shakl va mexanizmlari, soliq ob’ektlari, soliq to‘lovchilarning hisobini yuritishni ta’minlaydigan AKTni keng joriy etish bilan bog‘liq bir qator muhim yangiliklar nazarda tutilyapti.

Loyihada soliq to‘lovchilar hamda soliq organlarining huquq va majburiyatlari aniqlashtirildi. Soliq tekshiruvi turlari 13dan 3 turgacha qisqarmoqda.

Bundan tashqari, kiritilayotgan yangiliklarga ko‘ra, soliq organlari tomonidan ortiqcha undirilgan summalarga har bir o‘tgan kuni uchun soliq to‘lovchiga foiz to‘lanadi. Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda sotib olingan tovarlarga hisoblangan qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) «Tax free» tamoyili asosida qaytariladi. Mulkni (xizmatlarni) beg‘araz ravishda topshirishda to‘lanadigan QQS bekor qilinmoqda. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan to‘lanayotgan yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizga tushirilyapti.

Loyihada soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni 30 kundan oshmagan muddatga to‘xtatib turish nazarda tutilmoqda. Bunda soliq to‘lovchining tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni 30 kundan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasi asosida sud tomonidan qabul qilinishi mumkinligi belgilanmoqda.

Shuningdek, soliq solish maqsadida barcha bitimlar va soliq to‘lovchi kirishadigan boshqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan qat’i nazar, o‘zining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga olinishi bo‘yicha yangi me’yor kiritilmoqda.

Soliq huquqbuzarliklarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi ham aniqlashtirilmoqda. Ya’ni, soliq nizolarini sudgacha muhokama qilishni majburiy o‘tkazish tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Umuman, matbuot anjumanida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida aks etgan shu va boshqa ko‘plab yangiliklar, muhokamalarda bildirilgan hamda bevosita parlament quyi palatasi deputatlari taklifi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar majlislarida, shuningdek, joylardagi muhokamalar jarayonida deputatlar, tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar va mutaxassislar tomonidan 300dan ortiq taklif va mulohaza bildirildi. Mazkur takliflar qonun tashabbuskorlari bilan ishchi guruhlarida ko‘rib chiqilib, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga 70dan ortiq tahririy va konseptual o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, loyihadagi soliq qarzdorligi kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish vakolati Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim qilinishi taklif etilgan edi.

Muhokamalardan so‘ng yirik korxonalarning soliq qarzdorligini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha ruxsat berish vakolati Davlat soliq qo‘mitasiga, qolgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa, hududiy moliya va soliq organlarining xulosasi asosida Xalq deputatlari viloyat kengashiga berilishi ko‘zda tutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 42
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 123
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar