“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:11
ЎЗO‘Z

Senat 2020-yil uchun davlat byudjetini maʼqulladi

30 noya, 14:11 3 384 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat 2020-yil uchun davlat byudjetini maʼqulladi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yigirma toʻrtinchi yalpi majlisining kun tartibi tasdiqlanganidan soʻng senatorlar birinchi masalani koʻrib chiqishga kirishdi.
Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida maʼruza qildi.

Maʼruzachi dastavval 2019-yil yakuni boʻyicha kutilayotgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda Davlat byudjetining ijrosiga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, yil yakunlari boʻyicha yalpi ichki mahsulot hajmining oʻsishi yil boshida prognoz qilingan 5,4 foiz oʻrniga 5,5 foizga oʻsishi kutilmoqda. Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki baholari ham shuni tasdiqlamoqda.

Bunda, oʻsish qurilish sohasida 11,8 foiz, sanoatda 6,4 foiz va xizmatlar sohasi 6,1 foizni, qishloq xoʻjaligida esa 3 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 2019-yil yakunlariga koʻra Davlat byudjeti daromadlari 112 trln. 600 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 42 foizga oshishi kutilmoqda.

2020-yil uchun Davlat byudjetining jami xarajatlari 131,1 trln. soʻm miqdorida prognoz qilinmoqda.

Davlat byudjeti xarajatlarini sohalar kesimida tahlil qilinadigan boʻlsa, ijtimoiy soha xarajatlari 66 trln. soʻm tashkil etmoqda.

Investitsiya dasturi asosida ijtimoiy soha obyektlariga qilinadigan kapital xarajatlarni (5,7 trln. soʻm) hisobga olgan holda ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablagʻlar ulushi 55 foizga yetadi va oʻtgan yilga nisbatan 24,2 foizga oʻsadi.

2020-yilda YAIMning 5,5 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 6,5 foiz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 4 foiz; kapital quyilmalar hajmining kamida 10 foiz; chakana savdo aylanmasining 5,6 foiz; xizmat koʻrsatish hajmining 5,7 foiz oʻsishi prognoz qilindi. Davlat byudjeti loyihasi ushbu makroiqtisodiy koʻrsatkichlar parametlari asosida ishlab chiqildi.

Taʼlim, tibbiyot, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha qariyb 100 ta maqsadli dasturni amalga oshirish rejalashtirilgan. Inflyatsiya oʻsishi prognoz qilingan, hukumatda Oʻzbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga doir aniq strategiya va model mavjud.

Oʻzbekistonning har bir fuqarosi Davlat byudjeti mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishda ishtirok etadi. Davlat byudjeti mablagʻlarini shakllantirishda soliq toʻlovchi sifatida, ulardan foydalanishda davlat tomonidan taqdim etiladigan qulayliklar va xizmatlarning isteʼmolchisi sifatida ishtirok etadi.

2019-yildan boshlab fuqarolar tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarni belgilashda ishtirok etishi mumkin. Bu maqsadlarga tuman yoki shahar byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizi yoʻnaltiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 144
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar