“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:27
ЎЗO‘Z

2020-yildan bank kreditlari foizi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmaydi

20 noya, 14:02 5 201 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2020-yildan bank kreditlari foizi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmaydi “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) oʻrnatish yoʻli bilan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga oʻtkazadi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan, davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan darajada belgilanadi.

2021-yil 1-yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi va 2020-yilda inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, Inflyatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya tashkil etilib, inflyatsiya omillari va narxlar oshishiga olib kelayotgan sabablarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 51
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 166
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 125
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar