“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:39
ЎЗO‘Z

Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi

13 noya, 12:16 3 315 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi 2019 yil 4-10 noyabr kunlari "O‘zRTXB"da o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3898,5 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi, va shundan 2906,5 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,4 foizga pasaydi va bir tonnasi uchun 6236,8 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 11,8 mlrd so‘mlik 4544,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 4,6 foizga pasayib, bir tonna uchun 2596,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Oltinning narxi kichik pasayishni ko‘rsatmoqda, so‘nggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 1 gr oltin uchun 453,0 ming so‘mni tashkil etdi. Haftalik savdo natijalariga ko‘ra O‘zRTXBda 271,9 mln so‘mlik 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashdi.

Birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 7,5 foizga o‘sib, bir tonna uchun 13,5 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3 mln so‘mdan 13,0 mln so‘mgacha bo‘ldi.
benzin, oltin, birja




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 124
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar