“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 10:31
ЎЗO‘Z

Zafar Hoshimov: «Yaqin kelajak hech kimni zeriktirmaydi!»

05 noya, 12:45 3 076 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zafar Hoshimov: «Yaqin kelajak hech kimni zeriktirmaydi!» O‘tgan haftada Dubayning «Majid Al Futtaim» kompaniyasi va O‘zbekistonning «Akfa Group» o‘rtasida shartnoma imzolanib, unga ko‘ra, yaqin ikki yil ichida Toshkent shahrida xalqaro brenddagi Carrefour super va gipermarketlar tarmog‘i ochilishi ma’lum qilingandi.

«Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ushbu voqelikka o‘z munosabatini bildirdi:
— Fransiyaning Carrefour brendi do‘konlarining ochilishi haqidagi xabar biz uchun kutilmagan holat bo‘lmadi.

Bu haqda gaplar chamasi bir yildan beri yurgan edi. Rostini aytsam, qiziqib kutgan edik.
Chunki Carrefour tarmog‘ining O‘zbekistonga kirishi qator ijobiy yangilik va qiziqarli lahzalar va’da qiladi.

Birinchidan, mamlakatning chakana bozori rivojlanishi Carrefour kabi xalqaro ishtirokchi e’tiborini tortishi darajasiga chiqqanligi mahalliy sharoitda so‘nggi o‘n yilliklarda chakana savdoni rivojlantirish yo‘lida tinimsiz ishlagan tarmog‘imiz uchun o‘ziga xos e’tirofdir.

Iste’mol bozoriga bunday qiziqish va uning imkoniyatlarini tan olinishi sohadagi, shubhasiz, yetakchi sifatida tarmog‘imizning kapitallashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Turli brendlar va formatlarning paydo bo‘lishi butun bozor hamda uning har bir ishtirokchisini rivojlantirishga xizmat qiladi, ayniqsa, iste’molchilar uchun bu juda yaxshi yangilik. Ishonchim komilki, Carrefourdan ko‘plab jihatlarni o‘zlashtirib, o‘rganamiz. Albatta, Carrefour ham biz va bozorimiz haqida bilib olishlari kerak bo‘lgan xususiyatlar mavjud.

Iktisodimiz uchun yangi formatlar va savdo kanallari, iste’molchilar uchun esa tanlov hamda xilma-xillik oshishini anglatadi. Bularning barchasi zamonaviy savdo formati hamda bu format mijozlari bazasini kengaytiradi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, barcha bozor ishtirokchilari faqat yutadi.

Raqobatdan qo‘rqyapmizmi? Yo‘q.

Tushuntiraman. 30 milliondan ortiq bozor uchun zamonaviy tarmoq chakana sektori hali ham kam rivojlangan. O‘zingiz uchun xulosa chiqaring, faqatgina poytaxtning o‘zida birlamchi ehtiyojdagi oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlar yalpi iste’moli bo‘yicha butun boshli zamonaviy chakana savdo tarmoqlari ulushi atigi 9 foiz. Va bu, takror aytaman, viloyatlarga taalluqli emas. Umuman olganda esa, mamlakatda ayni ko‘rsatkich yana ham past bo‘ladi.

Taqqoslash uchun, qo‘shni Qozog‘istonda ko‘rsatkich 45 foizdan ortiq, Rossiya esa 75 foizdan ortiqni tashkil etdi. Yevropa va AQShda ayni raqamlar 90 foizga yaqinlashib qolgan.

Bizning bozor hali o‘sishi kerak, uning to‘lib ketishi, keskin raqobat hosil bo‘lishi uchun xali ancha bor. Bizda, mahalliy zamonaviy savdo tarmoqlarida hozircha bitta umumiy asosiy raqib - bozorlar va tizimsiz savdo mavjud. Biz, ya’ni mavjud zamonaviy chakana savdo ishtirokchilariga, mavjud yutuqlarimizga qaramasdan, bu jangda yolg‘iz kurashish juda mushkul edi. Shunday ekan, safimizga yangi jangchini mamnuniyat bilan qabul qilamiz, ayniqsa, u olib keladigan vositalar va bilimlarning butun tajribasi va arsenalini hisobga olganda, bu juda salmoqli yordam.

«Korzinka.uz» haqida gapiradigan bo‘lsak, biz, har doimgidek, shiddatli, kuch-quvvatga to‘la va yangi yutuqlar hamda kashfiyotlarga tayyormiz. Va eng muhimi, xaridorlarimizga doim sodiq qolamiz, taqdim etilayotgan xizmatlar va mahsulotlarimiz sifatini yanada rivojlantiramiz.

Biz bilan qoling, aminmanki, yaqin kelajak hech kimni zeriktirmaydi! — deb yozadi tadbirkor.
Zafar Hoshimov, Carrefour




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 128
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 135
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 4
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 49
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 19
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 194
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 75
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 125
  • Bo‘limlar