“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:42
ЎЗO‘Z

Markaziy bank to‘lov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

05 noya, 11:58 2 833 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank to‘lov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi Foto: Markaziy bank
“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-son Qonun e’lon qilindi. U uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Norma’ning yozishicha, mohiyatan hujjat o‘zini “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonunning jiddiy kengaytirilgan va to‘ldirilgan versiyasi sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, unda to‘lov tizimi tushunchasi berilgan, ularning turlari, ishtirokchilari va faoliyat yuritish qoidalari haqida aytib o‘tilgan, biroq batafsil va aniq bayon qilingan. Bir qator jihatlariga ko‘ra, albatta, hujjatlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, to‘lov tizimlarining yangi tasnifi joriy etilmoqda. Agar hozir ular banklararo, bankning ichki va chakana to‘lov tizimlariga bo‘linsa, yangi qonun bo‘yicha – muhim va boshqa to‘lov tizimlariga bo‘linadi.

Birinchisiga MB tomonidan belgilangan mezonlarga (bozor ulushi va to‘lovlarning yillik hajmi) javob beradigan tizim kiradi, to‘lov xizmatlari bozorining barqaror faoliyat ko‘rsatishi bunday tizimning uzluksiz ishlashiga bog‘liq, uning ishidagi to‘xtalishlar (uzilishlar) esa tavakkalchiliklarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Markaziy bank muhim to‘lov tizimi jumlasiga kiritadi, ularning operatorlariga esa ancha jiddiy talablar qo‘yiladi. To‘lov tizimida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi va o‘zini o‘zi baholash tartibi tartibga solingan.

To‘lov xizmatlari bozoriga alohida bob bag‘ishlangan. Ularning turlari, yetkazib beruvchilar va ularga qo‘yiladigan talablar, to‘lov xizmatlari ko‘rsatish tartibi, shu jumladan tegishli shartnoma tuzishning asosiy shartlari va mexanizmi, to‘lov tashkilotlari faoliyatini cheklash va to‘lov agentlari va subagentlar orqali ishlash xususiyatlari belgilangan.

Hujjatda to‘lov tizimlari va to‘lov xizmatlari bozorini davlat tomonidan tartibga solish masalasiga yetarlicha e’tibor berilgan. Regulyativ dastaklarning aksariyati Markaziy bank qo‘lida jamlangan. Xususan, aynan MB:

a) to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlariga litsenziya beradi va ular ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilaydi;

b) nazoratni amalga oshiradi – bir yilda ko‘pi bilan 1 marta o‘tkazish muddati 30 kundan oshmaydigan to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarini inspeksiya tekshiruvlaridan o‘tkazadi (alohida masalalar bo‘yicha yoki kompleks). Yakunlari bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, tekshirilayotgan sub’ekt faoliyati to‘g‘risidagi umumiy axborotni, tekshiruv jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan tekshiruv dalolatnomasini tuzadi;

v) terrorizmga qarshi qonunchilik buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bajarmaganlik uchun, basharti bu to‘lov tizimining uzluksiz ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, quyidagi sanksiyalardan birini qo‘llaydi:

• BHMning 5 000 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima soladi (materialni e’lon qilish sanasida – 1,1 mlrd so‘mdan ortiq);
• to‘lov xizmatlarining va (yoki) operatsiyalarning ayrim turlarini amalga oshirishni 6 oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
• litsenziyaning amal qilishini 10 ish kunigacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turadi.

Bundan tashqari, Markaziy bank to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchilari ustidan axborot xavfsizligi rejimiga rioya qilish borasida nazorat qiladi. Har yili 1 apreldan kechiktirmay ular MBga tegishli hisobot taqdim etishi, rejim buzilgan taqdirda esa, - bu haqda hamda uning oqibatlarini kamaytirish uchun ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida tezkorlik bilan xabar berishi shart. Regulyator to‘lov tizimlarining axborot xavfsizligi rejimi buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va yuritishni amalga oshiradi.

To‘lov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv amalga oshirilayotganda MB ular (muhimlariga urg‘u bergan holda) to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi, tizimlashtiradi va tahlil qiladi.
Markaziy bank, to‘lov tizimlari, nazorat




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 159
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar