“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:34
ЎЗO‘Z

Meva-sabzavot eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi

31 okt, 19:30 3 313 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Meva-sabzavot eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda inflyatsiya darajasiga (16 foiz) ta’sir etayotgan yana bir omil mahsulotlar tannarxi yuqoriligi ekani qayd etilgan. Shu bois mutasaddilarga davlat ulushi bo‘lgan barcha korxonalarda mahsulot tannarxini tahlil qilib, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, zarur hollarda xususiy sektorga berish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan.

Kelgusi yilda 153ta yirik investitsiya loyihasini shunchaki foydalanishga topshirish emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yalpi ichki mahsulot hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhimligi qayd etilgan.

«So‘nggi yillarda tashkil etilgan 23ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o‘z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi.

Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o‘sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, byudjetga tushumlarni ko‘paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va yurtimiz korxonalarining undagi o‘rni chuqur tahlil qilindi.

O‘zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo‘lgan tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo‘lga qo‘yilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, mamlakatimizda charm-poyabzal eksporti bo‘yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo‘lsa-da, hozirda bu boradagi ko‘rsatkich 200 million dollarga ham yetmaydi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini 2 barobar oshirish vazifasi qo‘yildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

To‘qimachilik mahsulotlari eksporti so‘nggi ikki yilda 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 million dollarga yetgan bo‘lsa ham, uning deyarli yarmini ip-kalava tashkil etmoqda.

Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga eksportda tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yana bir tahlil: dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55ta tumanda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, «mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash yoki qayta ishlash – eksport» zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Mashinasozlik va elektrotexnika tovarlarining qo‘shilgan qiymati yuqori, dunyoda ularga doimiy talab ham bor. Lekin tarmoq korxonalari bu imkoniyatdan to‘la foydalanmayapti. Shundan kelib chiqib, soha mutasaddilariga qo‘shni davlatlar bilan savdoni rivojlantirish, eksport hajmini 2-3 barobar oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Oxirgi uch yildagi faol investitsiya oqimi tufayli soha va hududlarga ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgani qayd etilar ekan, jalb qilinayotgan har bir dollarning natijadorligiga asosiy e’tibor qaratish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Barcha rahbarlar aniq bilib olsin – qat’iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi», – dedi Prezident.

Bosh vazir rahbarligida tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tashkil etib, mas’ul idoralarning hisobotini qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 113
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar