“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:43
ЎЗO‘Z

Medvedev AQSh savdo vazirining O‘zbekiston va YeOII haqidagi so‘zlariga javob qaytardi

26 okt, 14:50 4 204 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Medvedev AQSh savdo vazirining O‘zbekiston va YeOII haqidagi so‘zlariga javob qaytardi Foto: Yekaterina Shtukina/POOL/TASS
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQShning O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga kirishini murakkablashtirishi haqidagi bayonotini raqobatbardosh bo‘lmagan kurashning ko‘rinishi, deb atadi. Bu haqda TASSga tayanib Kun.uz nashri yozmoqda.

«Bugun O‘zbekistonda Amerika Qo‘shma Shtatlarining vazirlaridan biri, ular shunchalik ko‘pki, hatto kim ekani yodimda yo‘q, Yevrosiyo ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistonning JSTga kirishini qiyinlashtirishi haqida gapirdi, - deya izoh bergan Medvedev Yevrosiyo hukumatlararo kengashi majlisida. - Aytishim mumkinki, bu aniq raqobatbardosh bo‘lmagan kurashning usullaridan foydalanishdir».

Rossiya Federatsiyasi bosh vazirining fikriga ko‘ra, jahon savdosini tashkillashtirishda chalkashliklarni keltirib chiqaradigan, savdo urushlarini olib boradigan va aslida xalqaro savdo aylanmasini buzib ko‘rsatadigan Amerika ma’muriyatidan bunday so‘zlarini eshitish g‘alatidir. Rossiya hukumati rahbarining taxmin qilishicha, G‘arbdagi hamkasblar Yevrosiyoda ro‘y berayotgan integratsiya jarayonlarini «yoqtirmaydi». «Ammo, shubhasiz, biz bu sohada sheriklarimiz bilan ishlashni barcha yo‘nalishlarda davom ettiramiz», - deya xulosa qildi Medvedev.

Foto: Yekaterina Shtukina/POOL/TASS
Avvalroq, AQSh savdo vaziri Uilbur Ross Amerika-O‘zbekiston savdo palatasida bo‘lib o‘tgan biznes-forum chog‘ida O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lish istagi ushbu mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini murakkablashtirishi va cho‘zishi mumkinligini aytgandi.

Bundan oldin, Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lum qilgandi.

«O‘zbekiston prezidenti bir qarorga kelgan va O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy kengashiga qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda», – dedi Matviyenko Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuv chog‘ida.

Matviyenkoning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning YeOII a’zosiga aylanishi Rossiya bilan aloqalar rivojiga yangi turtki beradi va bu orqali hozirda mavjud ba’zi to‘siqlarning bartaraf etilishiga erishiladi.

«Prezidentlarimiz ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishib olishgan. Rossiya tomonidan bu ishchi guruhga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Siluanov boshchilik qilyapti. Guruh ehtimoliy shartlar, risklar va salbiy oqibatlarning oldini olish tahlili yuzasidan juda tig‘iz va yaxshi tempda ish olib boryapti. Tahlil ishlari yil oxiriga qadar yakunlanishi kerak», – deya Matviyenkoning so‘zlarini keltirgan TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIning barcha a’zo davlatlari bu kabi tahliliy baholash ishlarini olib borishyapti, chunki tashkilotga yangi a’zoni qabul qilish masalasidagi qaror birgalikda qabul qilinadi.

«O‘zbekiston prezidenti iqtisodiy integratsion birlashmalarda ishtirok etish – bugungi kunning real voqeligi ekanini tushunadi. U haq, yakuniy qaror qabul qilishdan oldin a’zo bo‘lish shartlari yuzasidan juda jiddiy tahlil o‘tkazish, bu iqtisodiyotga ziyon yetkazmaydimi, ish o‘rinlari soniga ta’sir qilmaydimi kabi shu va boshqa savollarga javob topish zarur», – deb qayd etdi Valentina Matviyenko.

O‘z navbatida, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko YeOIIda SSSR tajribasidan foydalanishni taklif qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil iyun oyida Senatning 20-yalpi majlisida senatorlarga murojaat qilib, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish yoki bo‘lmaslikdan kelib chiqadigan foyda-zararlar haqida gapirgan edi.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015 yilda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va Belarus a’zoligida tashkil etilgan. Tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiy masalalarda o‘zaro kelishgan holda qarorlar qabul qilish, o‘zaro tovar va xizmatlarni ayirboshlash, mehnat kuchi va kapital almashinuvi bo‘yicha cheklovlarni minimallashtirishga kelishib olishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar