“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida qariyb 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

17 okt, 10:46 2 454 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida qariyb 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi Joriy yilning to‘qqiz oyida meva-sabzavot eksporti qariyb bir milliard dollarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan chorvachilik va bog‘dorchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, talab yuqori bo‘lgan ekin navlarini yetishtirish natijasida kelgusida ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish imkoniyati mavjudligi qayd etilgan.

Prezident bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hali talab darajasida emasligini ta’kidladi. Xususan, Qibray va Toshkent tumanlarida mavjud bog‘larning 912 gektari yoki 20 foizi, tokzorlarning 164 gektari yoki 13 foizi eski va samarasizligi aniqlangan. Bundan tashqari, foydalanilmayotgan 1 400 gektar lalmi, shuningdek, g‘alla ekilayotgan 4 040 gektar yer maydoni mavjud. Ushbu tumanlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi 19 ta korxona 50 foiz quvvatda ishlamoqda.

Shu bois, meva-sabzavotga ixtisoslashgan barcha 55 ta tumanda bog‘dorchilik sohasida mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Unga ko‘ra, xorij bozorlarida o‘z tovar belgisiga ega bo‘lgan eksportchilar hamda qayta ishlash korxonalari ishtirokida ushbu tumanlarda kooperatsiyalar tashkil etiladi. Har bir tumanda ekinlarni joylashtirish kooperatsiyalar taklifi bo‘yicha amalga oshiriladi, ular bog‘ va tokzorlarga ko‘chatlarni yetkazib berish, hosildorlikni oshirish yuzasidan ko‘maklashadi. Shuningdek, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan har bir tumanda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘quv markazlarini ochish vazifasi qo‘yildi.

Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yangi tizimni joriy etish, kooperatsiyalarni moliyaviy ta’minlash yuzasidan aniq amaliy takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning pirovard maqsadi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini yiliga 5 milliardga yetkazishdan iborat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar