“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 18:37
ЎЗO‘Z

Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

11 okt, 13:35 3 210 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi Senatorlar «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini muhokama qildilar. Bu haqda senat axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur normativ-huquqiy hujjat valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy chora-tadbirlarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi. Qonun bilan Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi davlat organi etib belgilangan.

Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, ushbu Qonunning qabul qilinishi rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarrruf etish bo‘yicha huquqlarini to‘liq amalga oshirishga, amaliyotda uchraydigan valyuta operatsiyalarini o‘tkazishning imkon qadar barcha jihatlarini ta’riflashga, shuningdek mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda kapital harakatlanishi bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish imkonini beradigan qonunchilik bazasini tashkil etishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 138
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 114
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 84
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 192
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 2
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 56
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 175
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 56
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 102
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 288
  • Bo‘limlar