“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:48
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston bozorida islomiy obligatsiyalar paydo bo‘ladi

08 okt, 21:44 3 632 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston bozorida islomiy obligatsiyalar paydo bo‘ladi O‘zbekiston bozor ishtirokchilariga qo‘shimcha kapital jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birinchi marta mamlakatdagi kompaniyalarga shariat qonunlariga muvofiq obligatsiyalar (suquq) chiqarishga ruxsat bermoqchi, deya xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

«Islomiy obligatsiyalar bo‘yicha - bu kelgusi yilning o‘rtalarigacha bo‘ladi, deb umid qilaman», - deya Kun.uz’ning tegishli savoliga javob qaytardi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik Islom taraqqiyot banki (ITB) missiyasining kelishini kutmoqda, uning qo‘llab-quvvatlashi bilan ushbu mahsulot O‘zbekiston bozoriga kiritiladi.

«ITB missiyasi kelasi oy keladi. Ular biz uchun mahsulot ishlab chiqadi va yuridik jihatdan mavjud bo‘lishi uchun qonunchilikka qanday o‘zgartirishlar kiritishimiz kerakligini aniqlashga yordam beradi», - deya ta’kidlab o‘tdi Nazirov.

Shu bilan birga, u suquq (islomiy obligatsiya) O‘zbekistonda juda ommabop bo‘lishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Moliya vazirligi O‘zbekistonda islomiy bank va moliya ishi infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi, biroq u qabul qilinmadi. Hujjatda prezidentning O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki (O‘ITB)ni tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgandi.

O‘ITB standart chakana xizmatlarning keng spektrini, shu jumladan, eksport-import, uy-joy qurilishi, tijoriy ko‘chmas mulkni moliyalashtirish, lizing xizmatlari (ijara), sug‘urta (takaful), shuningdek, tuzilmaviy bo‘linmalar orqali qimmatli qog‘ozlar bozoridagi xizmatlarni (suquq) taqdim etishi rejalashtirilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 113
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar