“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:46
ЎЗO‘Z

Timur Ishmetov: «Iqtisodiyotdagi dollarlashuv avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasi» (video)

07 okt, 17:36 2 996 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Timur Ishmetov: «Iqtisodiyotdagi dollarlashuv avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasi» (video) Iqtisodiyotdagi dollarlashuv aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi kamligi, avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasidir. Bu haqda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov The Uzbek Review’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Valyuta bo‘yicha ko‘plab cheklovlar, umuman, pul muomalasidagi cheklovlar barcha iqtisodiy agentlarning pulni imkon qadar dollarda to‘plashi, qarzlarni dollarda jalb qilishi va tranzaksiyalarni dollarda amalga oshirishiga olib keldi. Sababi, bu ishonchli va qulay bo‘lgan. Yuqori inflyatsiya biznes va aholini operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirishiga turtki beradi”, - deydi T. Ishmetov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inflyatsiyaning o‘zi makroiqtisodiy siyosat natijasidir.

“Avvalgi iqtisodiy siyosat davlat tomonidan turli narxlarni ushlab turishga asoslangandi. Barcha sohada narxlar davlat tomonidan tartibga solingan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning istalgan tarmog‘ida xatarlar cheklovlarni joriy etish bilan boshqarilgan. Ya’ni, qandaydir operatsiya xatari bo‘lsa, unda bu bilan ishlash o‘rniga shunchaki taqiqlab qo‘yilgan”, - dedi u.

Ishmetovning aytishicha, yuqori inflyatsiya aholi real daromadlarini “yutib” yuboradi.

“Yuqori inflyatsiya holatida biznes ishini rejalashtirishda qiynaladi. Inflyatsiyani past darajada saqlab turish o‘ta muhim, bu iqtisodiy siyosatning birinchi galdagi vazifasi. Inflyatsiya aholining o‘rta qatlamiga eng katta zarba beradi, katta tadbirkorlar esa buni unchalik sezmasligi ham mumkin”, - deydi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 29
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 122
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 120
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 98
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar