“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:42
ЎЗO‘Z

Abdulla Azizov: «Yil boshida soliq stavkasining pasayishi byudjetga katta zarba beradi degan qo‘rquv bor edi»

05 okt, 20:14 2 502 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulla Azizov: «Yil boshida soliq stavkasining pasayishi byudjetga katta zarba beradi degan qo‘rquv bor edi» 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq siyosatini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi.

3 oktyabr kuni Xalqaro press-klubda shu mavzuga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov ham ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Savol: «2019 yilning 1 choragida davlat byudjetiga soliqlardan tushumlar 161 foizga o‘sdi deyilyapti. Bu biroz shubhali raqamlar. Soliqlar tushumi nimaning hisobiga oshdi?»

«Soliq stavkalarining tushirilishi natijasida tadbirkorlar xufyona biznesdan qocha boshladi. Masalan, shu vaqt mobaynida 500 mingdan ortiq ishchi-xodim qonuniy ro‘yxatdan o‘tdi. Chunki ular to‘laydigan soliqning miqdori pasaysa, soliqdan qochishning foydasi bo‘lmaydi.

Har bir tadbirkorning asosiy maqsadi – biznesni kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun legalizatsiya qilish, hamkorlarni ko‘paytirish, birgalikda ishlash, eksport qilish, yangi texnologiyalar haqida o‘ylash, katta bozorga chiqish kerak. O‘ylab ko‘rsangiz, soliqlar miqdori katta emas. Natijada, bu sizga motivatsiya, ishtiyoq beradi. Endi kuchingizni soliqdan qochishga emas, balki katta bozorga chiqib, qonuniy ishlashga sarflaysiz, biznesni rivojlantirishga qaratasiz.

Soliq stavkasini pasaytirishdan maqsad – o‘rtadagi raqobatni kuchaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, odamni yangicha o‘ylashga o‘rgatish, investitsiyalarni oshirish. Shu ish yakunda o‘z natijasini berdi. Yanvarda hammamiz qo‘rqqan edik. Soliq stavkasining pasayishi byudjetga katta zarba beradi degan qo‘rquv bor edi. Ammo prezidentimizning tashabbusi o‘zini oqladi – soliq tushumi 161 foizga oshdi. Bu juda ham yaxshi ko‘rsatkich. Yanvarda 6,7 mingta QQS to‘lovchilari bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam 52 mingga bordi. Yil oxirigacha 75 ming bo‘lishini kutayotgandik. Endi QQS stavkasi tushirilganidan so‘ng, 80 mingga yetadi deb taxmin qilyapmiz.

Umumiy olganda, bu islohotlarning to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini ko‘rsatmoqda. QQS to‘lovchilar soni ham oshmoqda. Hozir QQS to‘lovchilarini guvohnomalar orqali nazoratga oldik. Ammo 9 mingga yaqin tadbirkor hech qanday soliq to‘lamayapti. Bu nimani anglatadi? Demak, qandaydir xufyona biznesi borligini gumon qilish mumkin. QQS to‘lovchi degan guvohnomani olib, hech qanday hisobot topshirmasdan ishlab yurgan bo‘lishi mumkin. Biz bu holatlarni ham dastur orqali nazoratga olishni boshladik. Ya’ni oldi-berdi qilgan tomonlarning ikkalasi ham hisobot topshirish kerak. Agar bir tomon topshirsa, ammo ikkinchi tomon topshirmasa, biz buni taqqoslash yo‘li orqali darhol bilib olyapmiz.

Xitoy so‘nggi 18 yilda Yalpi ichki mahsulotni (YaIM) 10 barobar oshirdi. Bunga qanday erishgan? Ular shunday tizim yaratdiki, hech bir tadbirkor soliqdan qochib ketolmadi. Uni har tarafalama nazorat qildi. Biz ularni jazolash maqsadida emas, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish maqsadida nazorat qilyapmiz. Biz shunday tizim yaratishimiz kerak-ki, bizga barcha ma’lumotlarni tahlil qilib, kamchilikni aniqlashi kerak. Soliqchilar esa shunga mos ravishda chora ko‘rishi kerak», - dedi Abdulla Azizov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 128
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 126
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 100
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 168
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar