“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:44
ЎЗO‘Z

Dilshod Sultonov: “QQS stavkasining pasayishi davlat byudjeti daromadlarini 10 trillion soʻmga kamaytiradi”

05 okt, 13:38 2 712 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dilshod Sultonov: “QQS stavkasining pasayishi davlat byudjeti daromadlarini 10 trillion soʻmga kamaytiradi” 25-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi.

3-oktyabr kuni Xalqaro press-klubda shu mavzuga bagʻishlangan muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov ham ishtirok etib, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«QQS stavkasining pasayishi haqida gapirish oson. Lekin buning orqasida juda katta mehnat yotibdi. QQS stavkasining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi – soliq tushumining 25 foizga kamayishini anglatadi. Shu bilan birga, shunday mexanizm joriy qildik-ki, QQS toʻlovchilarning soni oshdi. Endi QQS toʻlovchilar zanjirining uzluksizligini taʼminlash uchun soliq toʻlovchilarning oʻzlari shu tizimga oʻtmoqda. 4 mingdan ortiq tadbirkor oʻz ixtiyori bilan shu soliqni toʻlayman deb yuribdi. Bundan tashqari 1-oktyabrdan QQS boʻyicha koʻplab imtiyozlar bekor qilindi.

QQS stavkasining pasayishi birinchi navbatda davlat byudjeti daromadlarining kamayishiga olib keladi, taxminan 10 trillion soʻmga. Ikkinchi tomondan, bu mablagʻlar soliq toʻlovchilarning ixtiyorida qoladi.

Albatta QQSni oxir-oqibatda isteʼmolchi, xalq toʻlaydi. Ammo QQS stavkasining pasayishi natijasida bu mablagʻlar tadbirkorlik subyektlari hisobida qoladi, ularning aylanma mablagʻlari koʻpayadi.

QQS stavkasi 15 foizga pasayganini 2020-yilgi byudjet loyihasida inobatga olganmiz», - dedi Dilshod Sultonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 43
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar