“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:40
ЎЗO‘Z

Zafar Hoshimov soliq stavkasining kamaytirilishi bozor narxlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi

02 okt, 22:43 2 714 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zafar Hoshimov soliq stavkasining kamaytirilishi bozor narxlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi «Korzinka.uz» tarmog‘ining asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirilishi haqidagi Prezident farmonining qabul qilinganligi bozor munosabatlari hamda mahsulotlarning talab va taklifiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Bu yerda «bozor» so‘zini shunchaki ishlatmadim. Chunki bozor iqtisodiyotida narxlar talab va taklif muvozanatini ko‘rsatadi. Ma’lum bir mahsulotning talab va taklifiga esa qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari yana talaygina omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ammo men bu jarayonga optimistik ruhda qarayman. Tilga olingan diapazonda soliq stavkasi kamaytirilishi aksariyat tovarlarning narxini shakllantirishga ijobiy turtki beradi, ularning ishlab chiqarilishi hajmi ortadi, ta’minotchilar va ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat avj oladi, xarajatlar qisqaradi, soyadagi iqtisodiyot ulushi kamayadi, natijada esa narxlar pasaymasa-da, hech bo‘lmasa, o‘sishdan to‘xtaydi yoki sekinlashadi, deb ishonaman.

Ishonchim komilki, tafakkurli insonlar narxlarni pasaytirish istagi borasida iste’molchilar bilan biz, savdo xodimlari bir tarafda ekanligimizni tushunishadi. Biznesimiz kengayishi, tovar aylanmalari o‘sishi biz uchun yuqori ustamalardan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega.

Chunki maqbul narxlar — ko‘proq iste’mol — ko‘proq savdo — ko‘proq tovar aylanmasi — har bir sotilgan tovardagi xarajatlar pasayishi hisobiga umumiy hajmda ko‘proq daromad degani.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 1
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 63
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 135
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Bo‘limlar