“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:53
ЎЗO‘Z

Markaziy bank bankomatlar 1 oktyabrdan naqd xorijiy valyuta berishni to‘xtatishini tasdiqladi

26 sen, 18:45 3 068 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank bankomatlar 1 oktyabrdan naqd xorijiy valyuta berishni to‘xtatishini tasdiqladi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridan naqd pul mablag‘larini yechib olish to‘g‘risida rasmiy bayonot berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro to‘lov kartalaridan (XTK) naqd valyuta mablag‘larini yechib olishga oid ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar yuzasidan Markaziy bank quyidagilarga ma’lum qiladi.

Valyuta ayirboshlash operatsiyalarida qulayliklar yaratish hamda ularni soddalashtirish maqsadida, 2019 yil avgust oyining uchinchi o‘n kunligidan boshlab tijorat banklaridagi valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali jismoniy shaxslar – rezidentlarga naqd xorijiy valyutani sotish amaliyoti joriy qilindi.

Shu bilan birga, amaliyotda jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq shubhali operatsiyalarni amalga oshirish, xususan mamlakat hududida boshqa shaxslar tomonidan norezidentlarning xalqaro to‘lov kartalaridan valyuta mablag‘larining yechib olinishi holatlari mavjud va ular bo‘yicha xatarlar yuzaga kelmoqda.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valyuta – «so‘m»da amalga oshirilishi lozimligi, shuningdek xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda joriy yilning 1 oktyabridan boshlab mamlakat hududida bankomatlar orqali XTKdan mablag‘larning yechib olinishi faqat milliy valyutada amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar – rezidentlar bevosita tijorat banklari muassasalarida shaxsni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda XTKdan xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘larini cheklovlarsiz yechib olish huquqiga ega.

Jismoniy shaxslar – norezidentlar tomonidan bankomatlar yoki valyuta ayirboshlash shaxobchalarida konvertatsiya qilinib, sarflanmay qolgan milliy valyutadagi pul mablag‘lari qonunda belgilangan tartibda valyuta ayirboshlash shaxobchalarida naqd xorijiy valyutaga ayirboshlanadi», deyiladi bayonotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 93
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 38
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar