“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:34
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston tashqi qarzi 20,7 mlrd dollarga yetdi

25 sen, 19:30 3 695 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston tashqi qarzi 20,7 mlrd dollarga yetdi O‘zbekiston Respublikasi tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boshidan 20 %ga yoki 3,4 mlrd. dollarga oshgan holda, 2019 yil 1 iyul holatiga 20,7 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Markaziy bankning 2019 yilning I yarim yili uchun to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo‘yicha ma’lumotlarida aytilishicha, 2019 yilning I yarim yilligida qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga to‘g‘ri keldi (3,1 mlrd. dollar), shundan 1 mlrd. dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 330,3 mln. dollarga oshdi.

UMUMIY TAShQI QARZ TARKIBI VA UNDAGI O‘ZGARIShLAR

2019 yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 1 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 534,3 mln. dollar, neft-gaz va energetika tashkilotlari – 206,0 mln. dollar, to‘qimachilik sektori korxonalari – 40,7 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 230,5 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi.

Shuningdek, o‘rganilayotgan davr mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 203,4 mln. dollar miqdordagi asosiy qarz va 103,7 mln. dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 706,6 mln. dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 182,8 mln. dollarni tashkil qildi. Bunda, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar