“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:03
ЎЗO‘Z

Birja savdolari: oltin va AI-91 benzini narxi ko‘tarildi

17 sen, 11:52 3 505 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birja savdolari: oltin va AI-91 benzini narxi ko‘tarildi 2019 yil 9-13 sentyabr kunlari "O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3572,3 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi tovarning bir tonnasi uchun 6451,2 ming so‘mni, uning boshlang‘ich narxi esa – 6266,3 ming so‘mni tashkil etdi. AI-91 rusumli benzinning haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan jami 0,7 %ga o‘sdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 20,5 mlrd so‘mlik 5019,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 3,5 %ga pasayib, bir tonna uchun 4084,3 ming so‘mni tashkil etdi. Savdolarda xaridor sifatida suyultirilgan gazni sotish huquqini beruvchi litsenziyaga ega korxonalar qatnashishdi.

Qora metall bozorida talab o‘sib bormoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 7,3 %ga ko‘tarilib, bir tonnasi uchun 5779,3 ming so‘mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 6769,0 tonnani tashkil qilgan. Qora metall sotuvchilari “O‘zmetkombinat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi.

O‘sish dinamikasi shuningdek qimmatbaho metallar bozorida ham qayd etildi. Savdo yakunlariga ko‘ra O‘zRTXB da 135,9 mln so‘mlik 300 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ ishtirok etdi. Birja kotirovkasi so‘nggi savdo yakunlariga nisbatan 14,6 %ga oshib, 1 gr oltin uchun 453,1 ming so‘mni tashkil qilgan.

Sement bozori qurilish mavsumining yakuniy bosqichida narxlar trendi pasayishini namoyon etmoqda. PS M-400 D-20 sement bo‘yicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 2,5 %ga pasayib, 479,6 ming so‘mni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 376,6 - 485,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (o‘rta klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 1,9 %ga o‘sib, bir tonna uchun 13,1 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 10,9 mln so‘mdan 13,6 mln so‘mgacha bo‘ldi. Birja savdolarida asosan paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega mahalliy to‘qimachilik korxonalari ishtirok etishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 135
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar