“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:47
ЎЗO‘Z

Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoydan qarzi qancha?

15 sen, 09:50 5 903 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoydan qarzi qancha? Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi Xitoydan qarz olgan va har birining qarzi kamida milliard dollardan oshadi. Bu haqda Zarnews yozib chiqdi.

Masalan, Qozog‘istonning Xitoy oldidagi davlat qarzi 12 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. Qolaversa, Qozog‘iston 50 dan ortiq Xitoy zavodlarini qurish uchun yana 300 million dollarlik shartnoma imzoladi. Xitoy esa Qozog‘iston neftining 20 foizini qazib olmoqda.

Qirg‘iziston Xitoy banklaridan 1 milliard 700 million dollar qarz olgan va bu davlat umumiy tashqi qarzining 40 foizini tashkil etadi. Qirg‘izistonning Xitoy kreditiga bog‘liqligi Almazbek Atamboyevning prezidentlik davrida oshdi va bu davrda Pekin ularga deyarli 1 milliard dollar qarz bergan.

Tojikiston tashqi qarzlarida Xitoyning ulushi 48 foizni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida qo‘shnilarimiz Xitoydan 1 milliard 200 million dollar qarz olgan. Mamlakatdagi oltin qazib oluvchi konlarning 80 foizdan ortig‘ini Xitoy kapitali bilan ishlovchi kompaniyalar tashkil etadi. 8 yil oldin qo‘shnilarimiz demarkatsiya va delimitatsiya qilish orqali o‘z hududining 1 foizini Xitoyga bergan. O‘tgan yili Tojikiston geologiya boshqarmasi Yuqori Kumorg oltin konini xitoyliklarga berdi. Buning evaziga Xitoy «Dushanbe-2» issiqlik elektr stansiyasini qurib beradi. Shu tariqa hukumat 330 million dollarlik kreditdan qutuladi.

Turkmaniston iqtisodi yopiqligi tufayli bu davlatning tashqi qarzi haqida ishonchli ma’lumot olishning imkoni yo‘q. Ammo ochiq manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xitoy Ashxobodga dunyodagi yirik gaz konlaridan biri bo‘lgan «Qolqinish» gaz koni uchun kredit bergan. Bundan tashqari, xitoyliklar O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tuvchi gaz quvuri qurgan. Bu loyihaning taxminiy narxi 8 milliard dollardan oshadi. Hozirda Turkmaniston gaz qazib olishda dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi va uning 90 foizi Xitoyga yetkaziladi. Xitoy bojxona xizmatining 3 yil oldingi ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy Pekin turkman gazini bozor narxidan uch barobar arzonga xarid qilgan. Shu tariqa Turkmaniston o‘z qarzlarini uzayotgani aytiladi.

Xitoy O‘zbekistonning ham yirik investorlaridan hisoblanadi. Hozirgacha Chin o‘lkasi mamlakatimizga 7 milliard 800 million dollar kapital yo‘naltirgan.
Xo‘sh, nima uchun mintaqa davlatlari aynan Xitoydan qarz olmoqda? Javobi oddiy - Xitoydan mablag‘ olish G‘arb davlatlariga qaraganda tez va oson.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 71
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar