“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:52
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori pasaytiriladi

12 sen, 21:53 3 396 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori pasaytiriladi O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilidagi misli ko‘rilmagan qadam nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida investitsiya va iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lishi lozim.

Albatta, soliqchilikdagi bu harakat davlat uchun ixtiyoriy va og‘ir qadam bo‘ladi, chunki byudjetga soliq tushumlarining uchdan bir qismi QQS hisobiga ta’minlanadi.

Ammo davlat byudjeti daromadlarining qisqarishi xavfiga qaramay, soliq yukini kamaytirish va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berildi.

Mazkur qaror soliq yukini kamaytiradi va soliq to‘lovchilar ixtiyorida 10 trln so‘m qolishiga imkon beradi.

QQS stavkasining 15 foizga pasaytirilishi pul-kredit siyosatining yumshatilishi va O‘zbekiston bozorida narxlarning barqarorlashuvi belgisidir.

Ma’lumki, amaldagi 20 foizlik soliq stavkasi 2000 yilda o‘rnatilgan va so‘nggi 19 yil ichida qayta ko‘rib chiqilmagan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 2008 yildagi global moliyaviy inqirozdan keyin QQS stavkasini sezilarli darajada pasaytirishga erishgan birinchi mamlakat bo‘ldi (25 %).

O‘zbekiston soliq siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlar hukumatning ochiqligi va mamlakat rivojlanishiga yangi impuls izlash uchun biznes hamjamiyati bilan muloqotda konstruktiv munosabatda bo‘lishga qaratilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 35
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 121
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar