“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:03
ЎЗO‘Z

«Yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

11 sen, 13:53 2 948 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi Parlament a’zolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida yaqinda konseptual jihatdan birinchi o‘qishda qabul qilingan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qizg‘in muhokama qilmoqda, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Bildirilishicha, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining bir qator moddalaridagi normalar deputatlar orasida qizg‘in bahs-munozarani keltirib chiqarmoqda. Jumladan, qonun loyihasining asosiy tushunchalari, antimonopol qoidalar, ikki va undan ko‘p to‘lov tizimi operatorini litsenziyalash, to‘lov tizimlari ustidan nazorat va kuzatuv olib borish, Markaziy bankning to‘lov tizimlarini nazorat hamda monitoring qilish masalalarida xalqaro hamkorlikka doir normalar parlament a’zolarining takliflari, fikr-mulohazalari asosida yanada takomillashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, milliy to‘lov tizimining yanada takomillashtirilishi yurtimiz aholisi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun xavfsiz, ishonchli va qonuniy kafolatlangan to‘lov xizmatlari bozorining to‘laqonli shakllantirilishiga sharoit yaratadi. Bu milliy to‘lov tizimining institutsional, infratuzilmaviy va me’yoriy-huquqiy bazasining takomillashtirilishiga imkon yaratadi. Ayni paytda bank xizmatlari qamrovini, ommabopligini ilg‘or axborot texnologiyalari asosida rivojlantirish orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining to‘lov xizmatlari bozoridagi talabi qondirilishiga erishiladi.

Aytilishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi naqd pulsiz, jumladan, bank kartalari orqali to‘lovlarning amalga oshirilishida aholi va tadbirkorlarning hamda ulardan to‘lovlarni qabul qilib oluvchilar o‘rtasida hisob-kitoblarning zamonaviy, samarali tizimi yo‘lga qo‘yilishiga imkon beradi. Shu asnoda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyotning takomillashtirilishiga, uni modernizatsiya qilishga, “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda uning ko‘lamini keskin qisqartirishga zamin yaratadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar