“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:03
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda «Google solig‘i» joriy qilinishi mumkin

03 sen, 13:17 2 855 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda «Google solig‘i» joriy qilinishi mumkin O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy etishni rejalashtirilmoqda, deb yozadi «Daryo».

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida buning uchun alohida bob ko‘zda tutilgan. Hujjat matni Moliya vazirligi tomonidan muhokamalar portalida e’lon qilingan.

Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Internetga avtomatik tarzda kirish orqali ko‘rsatiladigan elektron shakldagi xizmatlar uchun QQS «Google solig‘i» deb ataladi.

Soliq jismoniy shaxslarga reklama joylashtirish, qidiruv tizimlarga kirish imkonini taqdim etish, statistika yuritish, onlayn-savdo maydonchalari, striming servisi ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga nisbatan joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda internet segmentida bunday xizmatlarni Google, Yandex, Alibaba, Netflix kabi kompaniyalar ko‘rsatadi.
Aksariyat internet kompaniyalarning O‘zbekistonda vakolatxonasi yo‘q hamda ular soliq to‘lamaydi.

Soliq kodeksi loyihasi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan chet el internet-kompaniyalaridan dasturiy ta’minot va kontent xarid qilish uchun QQSni joriy etadi.

Moliya vazirligi Google va Apple kabi kompaniyalarga soliq organlarida hisobga o‘tib, O‘zbekistondagi savdolari haqida hisobot berishni taklif etmoqda.

Shunda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi:
- Soliq organida hisobda turish;
- Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali har oy hisobot topshirishi;
- O‘zbekiston jismoniy shaxslariga elektron shaklda ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatidan QQSni hisoblash va to‘lash.

O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizni tashkil etishi hisobga olinsa, dasturiy ta’minot va kontent narxi oshishi mumkin. Biroq bu masala bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 160
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 169
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar