“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar soni qisqartiriladi (sharh)

03 sen, 10:25 5 094 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar soni qisqartiriladi (sharh) Soliqlar sonini kamaytirishdan tashqari, Soliq kodeksining yangi tahriri insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan, deb yozmoqda Norma.

Taqdim etilgan loyihada O‘zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq soliq qonunchiligi normalarining qo‘llanishi maksimal darajada soddalashtirilgan. Buning uchun:

• soliq va boshqa majburiy to‘lovlar soni qisqartirilgan;
• bozorlar, qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar, advokatlik byurolari va firmalari, shuningdek gastrol-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun maxsus soliq rejimlari bekor qilingan. Soddalashtirilgan soliq rejimlarining umumiy soni 3 tadan 1 tagacha kamaygan;
• davlat boji, ayrim turdagi tovarlarni (alkogolli mahsulotlar) sotish huquqi uchun yig‘imlar to‘lanishini tartibga soluvchi bo‘limlar Soliq kodeksi tarkibidan chiqarilgan;
• Soliq kodeksidagi moddalar soni ko‘paygan, soliqlarni tartibga solishdagi kamchiliklar bartaraf etilgan, qo‘llaniladigan atamalar yanada to‘liq tushuntirilgan. Bu ularni amaliyotda qo‘llash chog‘ida nizoli vaziyatlar soni kamayishiga olib keladi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarning aksariyat qismi insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Xususan:

• soliqning “manfiy” summasini byudjetdan qoplash hisobiga qo‘shilgan qiymat solig‘ining tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sirining “neytrallashtirilishi” ta’minlandi, bu qo‘shimcha byudjet xarajatlarini talab etadi. Shuningdek, asosiy vosita ob’ektlarini, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’ektlarini xarid qilish (barpo etish) chog‘ida QQSning bir yo‘la hisobga olinishi joriy etilmoqda. Ayni paytda u teng ulushlarda ketma-ket keluvchi 12 oy davomida, ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha esa 36 oy davomida amalga oshirilmoqda;
• soliq to‘lovchilar texnologik asbob-uskunalarni yoki ko‘chmas mulk ob’ektlarini xarid qilishda bir yo‘la amortizatsiya chegirmalari qila oladilar;
• foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari yuzasidan ma’lumotnomalar bekor qilinmoqda. Avans to‘lovlarini faqat yirik soliq to‘lovchilar hisoblaydi;
• tovar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan past bahoda sotilganda zararlarga soliq solish bekor qilinadi;
• huquqqa zid ravishda soliqlarni qo‘shimcha hisoblaganlik yoki moliyaviy jazo choralarini qo‘llaganlik, tadbirkorlik sub’ektlari ortiqcha to‘lagan soliq summalarini qaytarishni kechiktirganlik uchun soliq organlarining javobgarligi oshiriladi. Ushbu hollarda byudjetdan soliq to‘lovchilarga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya to‘laydi.

Qonun hujjati loyihasi soliq nazoratini amalga oshirishning jahon amaliyotida muvaffaqiyatli sinalgan yangi tartibini nazarda tutadi. Bu maqsadda qo‘llaniladigan nazorat shakllari va mexanizmlari takomillashtirilgan. Muhimi – insofli soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash va soliq majburiyatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan sub’ektlarni aniqlash. Bu maqsadga quyidagicha erishiladi:

• soliq to‘lovchilar va soliq organlari huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirish;
• “zaruriy ehtiyotkorlik” tushunchasini joriy etish. Bu “soliq sxemalari”dan foydalanish imkoniyatlarini qisqartiradi;
• inspektor ishtirokisiz kompyuter dasturi orqali tavakkalchilikni tahlil etish natijalariga ko‘ra insofli deb topilgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq nazorati choralarini qo‘llamaslik;
• soliq nazorati shakllarini soddalashtirish: kameral nazorat, soliq auditi va sayyor tekshiruv. Faqat soliq auditi natijalariga ko‘ra, jarima choralari qo‘llaniladi;
• soliq huquqbuzarligini turiga qarab, jarima choralarining farqlanuvchi miqdorlarini belgilash.

Soliq kodeksi loyihasida soliqlar bo‘yicha soliq stavkalari nazarda tutilgan, aksiz solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno. Ushbu soliq turlari bo‘yicha stavkalar har yili “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar