“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 03:24
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda investitsiyalarga to‘siq bo‘layotgan omillar qanday?

16 avg, 16:30 2 683 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda investitsiyalarga to‘siq bo‘layotgan omillar qanday? 2019 yil 16 avgust kuni «Investitsiyalarga to‘siq bo‘layotgan omillar: to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari yo‘lidagi institutsional cheklovlar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Tadbir Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan USAIDning Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish o‘rinlari yaratish loyihasi (CTJ) doirasida tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning kelajagi va uning sanoatlashgan davlat sifatidagi maqomi mamlakat iqtisodiyotini zamonaviy texnologik asosda modernizatsiya qilishga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, ham mahalliy, ham xorijiy investitsiyalarning katta oqimlarini ta’minlashni taqozo etadi. Mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan chet el sarmoyalari hajmini ko‘paytirish uchun, avvalo, investitsiya muhitini dunyo miqyosida belgilangan standartlar darajasiga olib chiqish lozim.

So‘zga chiqqanlar qayd etganidek, joriy yil birinchi yarim yillikda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonda 1,6 barobar ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi 2,7 barobar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etilishi 3,7 barobar o‘sgan, investitsiyaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizdan oshdi. Oldingi yillarda bu ko‘rsatkich 25 foizga ham yetmasdi.

Shu bilan birga, bugungi kunda investitsiyalar oqimiga to‘siqlar, ularni aniqlash, bartaraf etish yo‘llarini topish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar mamlakat uchun tashqi moliyalashtirishning muhim manbaiga aylangani, bu innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqaruvni yaxshilash nuqtai nazardan katta iqtisodiy ta’sirga ega ekanligi qayd etildi.

Anjumanda bu yo‘nalishda mavjud muammolar tahlil etilar ekan, investorlar korrupsiya, mahalliychilik va to‘rachilik ildiz otgan mamlakatlarga sarmoya kiritishga moyil emasliklari, chunki bunday holatda vaziyatni avvaldan bir necha yilga prognoz qilib bo‘lmasligi, qolaversa, bunday davlatlarda biznes yuritishga ko‘p xarajat sarflanishi haqida fikr yuritildi.

Bu borada sohaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish, undagi mulkdan, yerdan foydalanishga cheklovlarni bartaraf etish, tijoriy nizolarni ko‘rib chiqishda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bu kabi muammolar qatorida moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati cheklanganligi va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi, tegishli infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi ham qayd etildi.

Shuningdek, amaldagi investitsiyalarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitimlarni inventarizatsiya qilish, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishda ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish xususida ham fikr almashildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 183
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 70
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 143
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 52
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar