“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev narxlar keskin oshib ketishiga eʼtibor qaratdi

14 avg, 23:43 7 321 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev narxlar keskin oshib ketishiga eʼtibor qaratdi 14-avgust kuni oʻtgan yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyev narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki 6 oyda inflyatsiya 5,6 foizni tashkil qilib, prognoz koʻrsatkichlaridan oshmagan. Lekin tariflar va narxlar bosqichma-bosqich bozor mexanizmlariga oʻtayotgani bois mutasaddilarga inflyatsiya oʻsishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish topshirilgan.

Avgust oyi boshida oʻtkazilgan yigʻilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi atroflicha muhokama qilinib, bu borada yangi tizim joriy etish belgilangan edi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilib, unga Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalari biriktirilgandi.

Yigʻilishda davlat rahbari ushbu yangi tizimni joylarda joriy etish orqali keng aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning bandligi va daromadini oshirish zarurligini aytgan.

– Oxirgi bir yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga yetgan boʻlsa-da, bu biz boshlagan islohotlar koʻlamiga nisbatan hali yetarli emas, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yil oxiriga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 25 ta, “Oʻzeltexsanoat”da 18 ta, “Oʻzavtosanoat”da 7 ta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 5 ta investitsiya loyihasi boʻyicha yangi quvvatlar ishga tushirilishini jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5,8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,9 foiz oʻsgan. Mahalliy byudjetlar ixtiyorida 2,6 trillion soʻmdan ziyod yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp mablagʻ qoldirilgan. Byudjet daromadlari qariyb 51 trillion soʻmni yoki prognozga nisbatan 109 foizni tashkil etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 140
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 120
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar