“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 00:54
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qiladi

12 avg, 22:07 3 371 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qiladi Joriy yilning 6 avgust kuni Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i I.Ergashev rahbarligidagi delegatsiya hamda Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi davlat vaziri P.Rupala o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, muloqot davomida mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Hindistonga bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani e’tirof etildi.

O‘z navbatida, tashrif doirasida «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi hamda Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol imzolanishi o‘zaro manfaatli kelishuvlarga zamin yaratgani ta’kidlandi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekistondan Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (qovun, limon, no‘xat, pista, anor urug‘lari, zanjabil, grek yong‘og‘i, yeryong‘oq, uzum, loviya, o‘rik, olxo‘ri, qovun, olcha, gilos, olma, shaftoli, nok, achchiq qalampir, piyoz, sabzi, kartoshka, bulg‘or qalampiri, kovul, ukrop, rayhon, yalpiz, petrushka, selderey) eksport qilinishiga ruxsat olindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan davrda Hindistonga mamlakatimizdan 7 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti – gilos, olcha, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, mosh, mayiz eksport qilingan.

Endilikda mamlakat dehqon-fermerlari tomonidan yetishtirilgan yana bir nechta turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Hindistonga eksport qilish imkoniyati yuzaga keldi.

Muloqot davomida, shuningdek, tomonlar malaka oshirish va tajriba almashish masalasini muhokama qildilar. Xususan, Inspeksiya mutaxassislari 2019-2020 yillarda Hind diyorining ixtisoslashgan muassasalarida sohaga oid zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 181
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 70
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 143
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 52
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 0
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 24
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 58
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 20
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 50
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 98
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Bo‘limlar