“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:04
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda mikroqarzning eng yuqori miqdori 50, mikrokreditning esa 300 mln so‘mgacha oshirildi

24 iyul, 10:39 3 697 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda mikroqarzning eng yuqori miqdori 50, mikrokreditning esa 300 mln so‘mgacha oshirildi Foto: «Huquqiy axborot»
Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvargacha «Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

2019 yil 1 avgustdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

mikroqarzning eng ko‘p miqdori 50 million so‘mgacha, mikrokredit 300 million so‘mgacha va mikrolizing 600 million so‘mgacha oshiriladi (hozirgi kunda mikroqarzning miqdori eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan (20 million 273 ming so‘m), mikrokredit eng kam oylik ish haqining ming baravaridan (202 million 730 ming so‘m) oshishi mumkin emas);

mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi ariza 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi (bugungi kunda bu muddat 30 kun);

mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi;

aksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaxslar o‘rtasida joylashtirish huquqi beriladi.

Shuningdek, mikrokredit tashkilotlari uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
- banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida qatnashish;
- chakana xizmatlar, naqdsiz shaklda ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar markazlarini ochish;
- bank va kredit tashkilotlari jismoniy shaxslarga onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega.

Qarorga muvofiq, quyidagilar taqiqlanadi:
- jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kredit (qarz) berish va majburiyatlarni xorijiy valyutada hisobga olish;
- nobank kredit tashkilotlar tomonidan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar ta’minotiga ko‘chmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish;
- ilgarigi kreditlar bo‘yicha qarzdorlik bo‘lganida jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.

2019 yil 1 oktyabrgacha jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) yuzasidan qarz yukining, foizlarning eng yuqori stavkalari bo‘yicha o‘sishini cheklab turishga oid me’yorlar ishlab chiqiladi.

2019 yil 1 dekabrgacha banklarda dastlabki identifikatsiyadan o‘tgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmi joriy etiladi.

Bundan tashqari, «Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 124
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar