“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:48
ЎЗO‘Z

«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

22 iyul, 17:07 3 268 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi 2019 yil 22 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida ko‘rib chiqilgan bir qator qonun loyihalari siyosiy partiyalarning parlament quyi palatasidagi fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yig‘ilishlarida ham dastlabki tarzda qizg‘in muhokama qilingan edi.

Deputatlar «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi. Ta’kidlanganidek, mazkur loyihada valyutani tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligini, valyuta operatsiyalariga davlat organlarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi, valyuta kursini aniqlashda faqatgina bozor mexanizmlari qo‘llanishini nazarda tutuvchi qoidalar belgilanmoqda.

Shuningdek, amaldagi qonundagi ba’zi normalar o‘zining dolzarbligini yo‘qotgani sababli tubdan qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Deputatlarning fikricha, xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va milliy valyuta ayirboshlash kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilanishi mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi va rentabelligini oshirish bilan bir qatorda, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 98
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 202
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar