“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:51
ЎЗO‘Z

Moliya vaziri o‘rinbosari: Maoshlar 7 foiz oshirilishi rejalashtirilgandi, prezidentimiz tashabbusi bilan 10 foizga oshdi

15 iyul, 17:12 2 760 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya vaziri o‘rinbosari: Maoshlar 7 foiz oshirilishi rejalashtirilgandi, prezidentimiz tashabbusi bilan 10 foizga oshdi Bugun, 15 iyul kuni «Xalqaro press klub»ning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida» Farmoniga bag‘ishlangan bu anjumanda farmonga doir o‘zgarishlar tushuntirib berildi, savollarga javoblar olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmetov mazkur farmon yuzasidan fikrlarini bildirdi.

«Maoshlarning navbatdagi oshirilishini moliyalashtirish uchun 2,2 trln so‘m mablag‘ ajratilgan. Endi 10 foiz oshirilish kammi yoki ko‘pmi degan savolga javob izlasak. Umuman hukumat rejasi va byudjet parametrlariga ko‘ra maoshlar va pensiyalar 7 foizga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo prezidentimiz tashabbusi bilan bu ko‘rsatkich 10 foizga ko‘tarildi.

Demak, ana shu oshishni qoplash uchun yil oxiriga qadar qo‘shimcha tarzda maoshlar uchun 361 mlrd so‘m, pensiyalar uchun esa 463 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ayni shu maoshlar oshishi 2,5 mln aholining turmush darajasiga ta’sir qiladi», deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

12 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshirilishi to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.

Unga ko‘ra, 2019 yilning 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 (10 foiz) baravar oshirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar