“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:48
ЎЗO‘Z

Eronga qarshi sanksiyalarning olib tashlanishi Fors ko‘rfazi davlatlari fond birjalarida qulashlarga sabab bo‘ldi

17 yanv, 22:30 6 985 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eronga qarshi sanksiyalarning olib tashlanishi Fors ko‘rfazi davlatlari fond birjalarida qulashlarga sabab bo‘ldi Fors ko‘rfazi atrofida joylashgan arab davlatlari fond birjalari yakshanba kuni Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning bekor qilinishi manzarasida qulashlar bilan boshlandi. Jumladan, Yaqin Sharqdagi eng yirik Saudiya Arabistoni fond birjasi ("Tadavul") indeksi 6,5 foizga pastladi. Savdolar boshlanishi bilan dastlabki daqiqalardanoq Saudiya Arabistoni indeksi 300 punktga pastlab, 5500 punktdan pastroqqa tushib ketdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

BAA fond bozorlari ham rekord darajadagi pastlashuv bilan ochildi. Savdalar avvalida Dubay birjasi (Dubai Financial Market General Index - DFM)ning asosiy indeksi 2672,33 punktga qadar tushib ketdi. Uning ortidan poytaxt Abu-Dabi amirligida ham indeks 2,68 foiz - 3837,81 punktga qadar pastladi.

Qo‘shni Qatarda ham vaziyat yomonlashgan. Mintaqadagi ikkinchi eng yirik fond birjasida sessiyalar ochilishi bilanoq indeks 5 foizga pastlab, 8800 punktga etgan.

Kuvayt birjasi esa 2,4 foiz pastlash bilan 5000 punktlik chegaraga etib keldi. Indekslarning pastlashiga asosan neft narxining arzonlashgani hamda G‘arbning Eronga qarshi sanksiyalarini bekor qilgani sabab bo‘lgan. Eron hukumati neft qazib olish hajmini oshirish va jahon bozoriga ko‘proq mahsulot kiritish to‘g‘risida e’lon qilib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni MAGATE rahbari Yukiya Amano Eronning atom bo‘yicha kelishuvni implementasiya qilish (amalga oshirish) uchun barcha talablarni bajarganini tasdiqladi. Sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng Eron xorijdagi muzlatib qo‘yilgan hisob raqamlaridan qaytadan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Amerika moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Eronning qariyb 50 milliard dollar mablag‘i muzlatilgan. Shuningdek, Eron neft eksporti hajmini kuniga 500 ming barrelga qadar oshiradi.
Bundan avvalroq esa Qo‘shma Shtatlar moliya vazirligi Eron bilan bog‘liq kompaniyalar va shaxslarning 400ga yaqinini sanksion ro‘yxatdan chiqargani xabar qilingan edi.

Bundan tashqari, yadro dasturi bo‘yicha kelishuv implementasiyasidan so‘ng Erondan xorijiy kompaniyalar uchun sanoat sohasida joriy etilgan sanksiyalar ham olib tashlanadi.

Xorijiy firmalar endilikda Eron tuzilmalari, jumladan, avtomobilsozlik, ko‘mir va metallurgiya sanoati sohasida savdo yuritishlari mumkin. shuningdek, xorijliklar Eron markaziy bankida ishlashlari ham mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar