“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:34
ЎЗO‘Z

Qo‘shilgan qiymat solig‘i benzin narxi oshishiga olib keladimi?

04 iyul, 22:50 3 307 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘shilgan qiymat solig‘i benzin narxi oshishiga olib keladimi? 4 iyul kuni Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Qonunchilikdagi yangiliklar» nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan jurnalistlarga mazkur Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’i nazar, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Matbuot anjumani davomida, jurnalistlar hamda tadbirkorlar tomonidan «Qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilishi benzin narxining oshishiga ta’sir etadimi?», degan savol o‘rtaga tashlandi.

«Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan mahsulotlar tarkibiga kiradi. Bu davlat tomonidan AI-80 markali benzin uchun 4000 so‘m miqdorida, AI-90 markali benzin uchun 4500 so‘m miqdorida belgilangan va shu miqdorda saqlanib qoladi. Mazkur normaning kiritilishi aynan mazkur mahsulotlarni avtomobil yoqilg‘ilarini quyish shoxobchalari sotayotgan korxonalar uchun ko‘proq foydali», deya Moliya vazirligi mas’ul xodimi Otabek Yakubovning so‘zlarini keltirmoqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bundan tashqari, mazkur Farmonga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan yagona yer solig‘i to‘laydigan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar