“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:08
ЎЗO‘Z

«Paynetchilar» muammosiga yechim taklif etildi

23 iyun, 22:40 3 518 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Paynetchilar» muammosiga yechim taklif etildi Kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi yuz million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi mumkin. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lumot berdi.

«Endi kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan oldin 100 million so‘mdan oshgan va bir milliarddan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarga o‘z tashuvchilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z xizmat haqining 25 foizi miqdorida yagona soliq to‘lovini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi», — deydi Mirzayev.

Qo‘mita rahbariyati bayonotiga ko‘ra, ayrim tadbirkorlar telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishda realizatsiya qilishdan olingan tushumining 2,5 foizida daromad topadi. Shunga qaramay, umumbelgilangan soliq stavkasi bo‘yicha tadbirkor umumiy tushumning 4 foizida to‘lov qilishi belgilangandi.

«Tadbirkor umumiy tushumning 2,5 foizida daromad qilib, 4 foiz soliq to‘lasa, u foyda ko‘rmaydi. Shuning uchun, taklif etilayotgan tartibga muvofiq, u ko‘rsatayotgan xizmatlardan realizatsiya qilingan barcha tushumdan emas, 2,5 foiz daromadining 25 foizini soliq sifatida to‘laydi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ta’kidlanishicha, ushbu masalada telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, xususan «paynetchilar» qo‘mita va Moliya vazirligiga ko‘p bora murojaat qilishgandi.

O‘zbekiston Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida ushbu masalaga konstruktiv yechim taklif etilgan. Ayni paytda farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 140
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 118
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 84
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 198
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar