“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:52
ЎЗO‘Z

Mubin Mirzayev: "Soliq imtiyozlari maksimal darajada kamaytiriladi"

12 iyun, 18:11 3 326 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mubin Mirzayev: "Soliq imtiyozlari maksimal darajada kamaytiriladi" Kimdir QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) imtiyoziga ega bo‘lsa, boshqasi uni qoplashi kerak. Shuning uchun, soliq imtiyozlarini maksimal darajada qisqartirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilyapti, deya bayonot berdi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.

12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida «Qo‘shimcha qiymat solig‘i va boshqa yangi soliqlar implementatsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyati» mavzusida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari QQS tizimi bo‘yicha imtiyozlarni tugatish haqida kelgusi rejalar haqida gapirdi.

«Bizning maqsadimiz — ijtimoiy mohiyatdagi, xususan dori-darmon, kitob va gazetalar faoliyati bo‘yicha QQS imtiyozini qoldirib, qolgan barcha sohalar bo‘yicha QQS imtiyozini bekor qilish ko‘zda tutilgan. Bu o‘zgarish 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi», — deydi Mirzayev.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosarining aytishicha, barcha tadbirkorlik sub’ektlari va korxona, tashkilotlar QQS tizimida qamrab olingach, soliq stavkasini qayta ko‘rib chiqish, uni o‘zgartirish va muvofiqlashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Mubin Mirzayev Kun.uz'ga bergan intervyusida soliq imtiyozlari bo‘yicha gapirib, ularni ham yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga kiritish masalasi turganini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, ayrim qaror va muddatli taqdim etilgan imtiyozlarni kodeksga kiritish imkoniyati yo‘q.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar