“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:37
ЎЗO‘Z

Jahon banki: O‘zbekistonda «ancha kuchli iqtisodiy o‘sish» kutilmoqda

05 iyun, 15:30 3 532 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon banki: O‘zbekistonda «ancha kuchli iqtisodiy o‘sish» kutilmoqda Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari: keskinlikning o‘sishi, investitsiyalar pasayishi» hisobotiga ko‘ra, bu yil Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotlari o‘sish sur’atlari to‘rt yil ichidagi eng past darajaga tushadi - 1,6%.

Jahon bankining global iqtisodiyot istiqbollari bo‘yicha departamenti bosh iqtisodchisi Yekaterina Vashakmadzening xabar berishicha, «yirik xom ashyo eksportchilari bo‘lgan» Turkmaniston va O‘zbekistonda «ancha kuchli iqtisodiy o‘sish» kutilmoqda.

«Turkmanistonda 2019 yilda 5,6%, O‘zbekistonda esa 5,3% darajasida. Tojikistonda iqtisodiy o‘sish ham ancha kuchli - 6 foiz darajasida. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan kam (7,3 foiz)», - dedi ekspert.

«Bu bosqichda hamma narsa juda yaxshi bo‘lib ko‘rinmoqda. Ammo potensial xavf mavjud. Bizning fikrcha, ular ro‘y berishi ehtimoli yuqori. Bu holatda, tabiiyki, prognozlar qayta ko‘rib chiqiladi», - deya aniqlik kiritdi Vashakmadze.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki jiddiy keskinliklar xavfi ostida global iqtisodiyot o‘sishining pasayishini taxmin qilgandi. Xatarlar orasida savdo to‘siqlari, 2018 yilda ko‘plab iqtisodiyotlarga ta’sir ko‘rsatgan moliyaviy keskinliklar qaytarilishi ehtimoli, shuningdek, AQSh, Yevrohudud va Xitoy iqtisodiyotida kutilganidan ham kuchliroq pasayish bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 55
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 38
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar